Mehnat muhojirlari milliardlab foyda keltirmoqda

Rossiya Image copyright Getty Images

Moskva shahar hokimi Sergey Sobyaninning bildirishicha, poytaxtda mehnat qilayotgan mehnat muhojirlaridan soliqlar miqdori ko'payadi.

Moskva hukumati mehnat muhojirlaridan olinadigan soliq miqdori 2016 yilda 12 milliard rublga etishini mo'ljallamoqda.

"Patentning kiritilishi 2015 yilda Moskva byudjetiga 11 milliard rubl keltirdi, joriy yilda bu ko'rsatkich 12 milliardni tashkil etadi", - deb aytgan janob Sobyanin.

Moskva shahar hokimining ta'kidlashicha, mehnat muhojirlaridan davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag' neft kompaniyalaridan olinadigan daromad solig'i bilan barobardir.

Sobyanin aniqlik kiritishicha, Rossiyada 7 million atrofida mehnat muhojirlari bo'lib, ularning taxminan ikki millioni Moskva shahri va viloyatida deb ko'riladi.

Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz barcha sohalar kabi mehnat muhojirlariga ham ta'sir qilgan.

Xususan, ularning Rossiyaga kelgan paytda turli hujjatlar uchun to'laydigan pullari miqdori oshirilgan.

BBC bilan suhbatlashgan mehnat muhojirlarining aytishlaricha, ularni eng ko'p qiynaydigan narsa bu patent to'lovi.

Misol uchun, 2015 yilda Moskva shahridagi mehnat muhojirlari patent uchun oyiga 4000 rubl to'laganlar. 2016 yilda patent puli 200 rublga qimmatlagan.

Moskva shahar hokimi mehnat muhojirlari to'lovlari orqasidan keladigan pul poytaxt infratizimini rivojlantirish uchun sarflanishini qayd etgan.

Rossiyaga tirikchilik ilinjida borgan markaziy osiyolik ko'plab mehnat muhojirlari o'tgan yillarda u yerda yuzaga kelgan qiyinchiliklar orqasidan vatanga qayta boshlaganlar.

Shu bilan birga, ba'zi o'zbekistonlik fuqarolar Rossiyada ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish narxi oshganiga qaramasdan, bu yerda pul topish O'zbekistondan ko'ra osonroq degan fikrda. Ular hozircha Rossiyada ishlab topgan pullari bilan oilalarini boqish niyatidalar.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring