O'zbekistonda OXHT kuzatuv guruhi ishlaydi

Senat Image copyright Getty Images

OXHT kuzatuvchilaridan iborat guruh 11-14 oktyabr kunlari O'zbekistondadagi ichki siyosiy vaziyat bilan tanishish uchun tashrif buyuradi.

Xabarlarga binoan, tashrif asosida dekabr oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarini kuzatish bo'yicha qaror beriladi.

Shu bilan birga, xalqaro tashkilot O'zbekistondagi prezidentlik saylovlari rasmiy mazmun kasb etib, omma ko'zi uchun o'tkazilishini ham istisno qilmagan.

O'zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi bo'lajak prezidentlik saylovlariga baho berish uchun OXHT kuzatuvchilarini taklif qilgan.

Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomovga ko'ra, "saylovlar milliy saylov qonunchilik talablari va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan demokratik tamoyillari asosida ochiq va oshkora o'tkaziladi".

O'zbekistonning yangi rahbariyati G'arbga demokratik qadriyatlarni hurmat qilayotganini ko'rsatish niyatida.

Avvalgi yillarda o'tgan har qanday saylovga OXHT cheklangan hay'atini yuborgan.

Buni O'zbekistondagi saylovlarda raqobat yo'qligi bois to'laqonli missiya qatnashishining zaruriyati yo'qligi bilan izohlagan.

2015 yil mart oyida o'tgan prezidentlik saylovlari haqida Ovro'poda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti "saylovlar yaxshi tashkil qilindi, ammo haqiqiy raqobat va bahslarsiz o'tdi", degan, "saylovda haqiqiy muxolifat mavjud bo'lmagan holatda siyosiy sahnada joriy rahbar siymosi ustuvorlik qilgan"ini aytgandi.

O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan so'ng belgilangan prezidentlik saylovlarida muvaqqat prezident va Bosh vazir Shavkat Mirziyoev bilan birga yana uch partiya nomzodlari qatnashadilar.

Tahlilchilar ayni paytda O'zbekistonda olib borilayotgan saylov kampaniyasi faqat Shavkat Mirziyoevga tegishli bo'lib qolayotgani, boshqa nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida targ'ibot ishlari yo'qligiga e'tibor qaratishadi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring