AQShda o'zbekistonlik halok bo'ldi

Sardor Fayziev Image copyright Getty Images

Amerikaning Merilend shtatida 2 oktyabr kuni o'zbekistonlik Sardor Fayziev otib o'ldirilgan.

Xabarlarga ko'ra, Sardorga tegishli mashinada u va ikki do'sti o'tirgan payt, noma'lum qora tanli shaxs tomonidan boshiga qarata o'q uzilgan. So'ngra uch kishidan iborat guruh mashinaga o'tirib ko'zdan g'oyib bo'lgan.

Xabar qilinishicha, hozirda gumonlangan uch shaxsning bittasi ushlangan, ikkitasi qidiruvda.

Politsiya fojeaga nima sabab bo'lganini o'rganmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga binoan, jinoyat oldindan rejalashtirilgan bo'lgan.

Qo'lga olingan 20 yoshli Brayn Lionel Gonsales Baltimor okrugi tergov izolyatorida so'roq qilinayotgani aytiladi.

O'zbek muhojirlarining Uz-Rek.com.saytiga ko'ra, Sardor AQShda talaba bo'lgan. Uning ota-onasi va ikki singlisi ham 2006 yildan buyon AQShda istiqomat qilib kelganlar.

Hodisa yuz bergach, Sardorning do'sti politsiya va Tez yordamga xabar bergan.

Shifokorlar Sardor Fayzievning hayoti uchun kurashganlar, biroq uni saqlab qolishning iloji bo'lmagan.

Marhumning jasadi oilasi tomonidan vatani Toshkentga olib ketishga qaror qilingan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring