Rossiyada migrantlar devorni yorib qochishgan

hibsdagi muhojir Image copyright Reuters
Image caption Noqonuniy muhojirlarga ov davom etmoqda

Rossiyaning Leningrad viloyatida vaqtinchalik saqlash markazi devorini yorib qochishga muvaffaq bo'lgan muhojirlar qidirilmoqda.

Gatchina shahri ichki ishlar boshqarmasidan sputnik xabar agentligiga xabar qilishlaricha, 30 sentyabr kuni qoidalarni buzgani uchun ushlangan 13 mehnat muhojiri asosan o'zbeklar va tojiklar bo'lishgan.

"Gatchinadagi vaqtinchalik saqlash markazining birinchi qavatida 13 ushlangan migrant devorni buzib, paydo bo'lgan teshik orqali qochishga muvaffaq bo'lganlar", - deb aytgan rasmiy agentlikka.

Huquq-tartibot organlari qisqa vaqt ichida markazdan qochgan olti kishini qo'lga olishga muvaffaq bo'lishgan.

Qolgan yetti nafarini qidirish ishlari davom etayapti.

Noqonuniy mehnatga qarshi Rossiyada oxirgi vaqtda yangi qonun-qoidalar qabul qilingan bo'lsa-da, ruxsatsiz ishlash hollari kamaymagan.

Aksincha, mamlakatdagi iqtisodiy qiyin ahvol va maoshlarning kamayishi migrantlarni noqonuniy ishlashga majburlamoqda.

Qo'lga tushgan muhojirlar esa ko'p hollarda huquq-tartibot organlariga katta pora berib qutilishlarini aytishadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring