Afg'onistonga 15,2 mlrd dollar yordam beriladi

Afg'oniston Image copyright Reuters

Bryusseldagi xalqaro anjumanda donor-mamlakatlar Afg'oniston taraqqiyotiga keyingi to'rt yil davomida 15,2 mlrd dollar ajratishga va'da berdilar.

Donorlarning diqqatini Suriyadagi urush ko'proq jalb qilib turgan bo'lsada, Afg'onistonga ham ko'mak ajratish ma'qullangan.

Tokioda bundan to'rt yil oldin o'tgan anjumanda rivojlangan davlatlar 16 mlrd dollar ajratgan edilar.

Afg'onistonga yordam bo'yicha anjumanda 70 dan ortiq mamlakat va 20 xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishgan.

"Men istardimki, siz bu yo'lni yolg'iz o'tmaysiz. Hozir Afg'oniston xalqiga bizning investitsiyamiz zarur" deb aytgan Ovro'po xalqaro hamkorlik va rivojlanish komissari Neven Mimitsa.

Xalqaro mablag' berish evaziga Afg'oniston hukumati korruptsiyaga qarshi islohotlar o'tkazishi va inson haqlari vaziyatini yaxshilashi zarur.

Bundan tashqari Kobul Ovro'podan chiqarib yuborilayotgan afg'on muhojirlarni qabul qilishni tezlashtirishga rozi bo'lgan.

Bryusselda xalqaro anjuman o'tayotgan paytda Tolibon jangarilari Qunduzga hujumlarni oshirishgan va dushanba tunda Qunduz shahriga kirishga muvaffaq bo'lishgan.

Afg'oniston armiyasi va maxsus xizmatlari qariyb 32 afg'on viloyatida tolib jangarilariga qarshi jang qilmoqda.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring