"U kim bo'pti, bizning janglarga baho beradigan?"

Image copyright club Ahmat
Image caption Yemelьyankoning ta'kidlashicha, ringga chiqqanlar 8 yosh atrofidagi bolalar bo'lib, ular xursandchilik qilayotgan kattalar o'nggida bir-birlarini kaltaklashgan.

Seshanba kuni Checheniston poytaxtida bo'lib o'tgan Grand-Prix Akhmat 2016 Final turnirida bolalar jangi kiritilgani Rossiya jangovor kurash ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanko tomonidan qoralanib, "qabul bo'lmas" deb atagan.

Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirovga tegishli "Ahmat" jangovor klubining prezidenti Abuzayd Vismurodov esa o'z navbatida uning tanqidiga javob qaytargan. Unga ko'ra, turnirda qatnashgan 12 yoshdan kichik bolalarning chiqishi "ko'rgazmali" bo'lgan va ularning sparring janglari ijobiy baholangan.

Oldinroq, Fedor Yemelьyanko bolalar ishtirokidagi janglar ko'rgazmali deb e'lon qilinganiga qaramasdan, tomoshabinlar haqiqiy jangni ko'rganlarini aytgan edi.

"Musobaqa professional sportchilar uchun belgilangan tartiblar asosida o'tkazildi, bu talablar bolalarga umuman to'g'ri kelmaydi", deydi u.

Yemelьyankoning ta'kidlashicha, ringga chiqqanlar 8 yosh atrofidagi bolalar bo'lib, ular xursandchilik qilayotgan kattalar o'nggida bir-birlarini kaltaklashgan. "Kattalar bilan bir darajadagi janglarda qatnashish bola sog'ligiga tuzatib bo'lmas zarar yetkazadi, ular sport kareraralarini nafaqat davom ettira olishadi, balki bir umrga ham jismonan, ham ruhan mayib qilishi mumkin", deb xulosa qiladi rossiyalik jangchi.

Janjalli turnir Grozniyda 4 oktyabr kuni bo'lib o'tgan. Musobaqalarda Ramzan Qodirovning o'g'illari 10 yoshli Ahmat, to'qqiz yashar Zelimxon va sakkiz yoshlik Odam ham qatnashganlar. Jumladan, Ahmat Qodirov raqibini nokaut orqali yutgan.

Ramzan Qodirov Image copyright Ria novosti
Image caption Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov janoblari musobaqalarni maxsus joyda o'tirib, tomosha qilgan. Janglarda o'g'illari ham qatnashgan

Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov janoblari musobaqalarni maxsus joyda "Nochnye volki" motoklubi rahbari Aleksandr Zaldostanov bilan yonma-yon o'tirib tomosha qilgan.

Vismurodov esa Yemelьyanko haqida shunday yozadi: "U kim bo'pti, bizning musobaqalarga va janglarga baho beradigan? Grand-Prix Akhmat 2016 Final turniri Rossiya kurash ittifoqi tarixida eng yaxshisi deb tan olingan va uni bu yerga taklif qilishmagani uchun balki hasadi kelayotgandir?" Biz bu tadbirni o'tkazishda davom etamiz va uni kerak deb o'ylaymiz", deb qayd etadi u.

"Ahmat" klubi matbuot so'zchisi Adam Ahmatovning TASSga bildirishicha, agar Yemelьyanko aytgan so'zlari uchun uzr so'rasa, klub vakillari u bilan muammoni hal qilishlari mumkin.

Ayni vaqtda Rossiya Sport vazirligi Grozniyda bolalar ishtirokida o'tgan jang tafsilotlarini o'rganishga va'da bermoqda.

Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham nazorat idoralari Grozniydagi bolalar jangini tekshirishlari lozimligini ta'kidlagan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring