G'anixon Mamatxonov unutilmasligi lozim!

G'anixon Mamatxonov Image copyright Mutabar

Parijdagi "Oʻtyuraklar" klubi 3-10 oktyabr kunlari "Huquq faoli Gʻanixon Mamatxonov unutilmasligi kerak!" kampaniyasini oʻtkazmoqchi.

9 oktyabrda Gʻanixon Mamatxonov qamalganiga 8 yil toʻladi.

"Oʻtyuraklar" klubining xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalariga murojaatida aytilishicha, maqsad, Gʻanixon Mamatxonov taqdiriga eʼtibor qaratish, uni ozod etilishiga erishishdir.

Fargʻonalik faol Gʻanixon Mamatxonov oʻz faoliyatini 1996 yil boshlagan. Koʻp yillar demokratiya va inson haqlari uchun kurashib, jumladan, yerlari olib qoʻyilgan fermerlarga yordam bergan, paxta dalalarida majburiy mehnatni tugatishga chaqirgan.

Gʻanixon Mamatxonov 2008 yil Islom Karimovning Fargʻonaga tashrifidan oldin prezidentga uning yer islohotini tanqid qilib yozgan norozilik xati uchun hibsga olingan edi. Soʻngra tovlamachilikda aybdor topilib, toʻrt yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Biroq bu muddat "qamoq ichkarisida tartibni buzgani uchun" deb yana uch marta uzaytirildi.

Gʻanixon Mamatxonov 2016 yil 4 iyunda ozodlikka chiqishi kerak edi. 6 mayda u 65 yoshga kirgan.

"Oʻtyuraklar" klubiga koʻra, Mamatxonov hozirda qayerda saqlanayotgani yaqinlariga maʼlum emas. U turli yillarda Navoiy, Buxoro va Jasliqdagi qamoqxonada saqlangan.

Otasining qayerdaligini soʻrab Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga murojaat qilgan Jamolxon Mamatxonovga 16 sentyabrda Gʻanixon Mamatxonov Toshturmada ekani aytilgan, biroq u bilan koʻrishishga ruxsat berilmagan.

  • Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • ◾◾◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • ◾◾◾Instagram - BBC UZBEK
  • ◾◾◾Twitter - BBC UZBEK
  • ◾◾◾Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • ◾◾◾Facebook- BBC UZBEK
  • ◾◾◾Google+ BBC UZBEK
  • ◾◾◾YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • ◾◾◾Skype - bbcuzbekradio
  • ◾◾◾bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.