Elena Urlaeva va Temur Karpov hibsga olingan

Urlaeva Image copyright Urlaeva

Toshkent viloyat Bo'ka tuman militsiyasi huquq faoli Elena Urlaeva, fotojurnalist Temur Karpov va ikki xorijlik (frantsuz) hibsga olgan.

Nodavlat inson haqlarini himoya qilish alyansi rahbari Elena Urlaeva va frantsiyalik kuzatuvchilar majburiy mehnatdan foydalanilayotganiga guvoh bo'lish uchun paxta dalasiga borganlar. Ularga jurnalist Temur Karpov tarjimonlik qilgan.

Paxta dalasidan qaytayotganlarida ularning hammasi militsiya tomonidan ushlangan va Bo'ka tuman Ichki ishlar bo'limiga olib ketilgan.

Xabarlarga ko'ra, ikki frantsiyalik keyinroq ozod qilingan.

Biroq Elena Urlaeva va Temur Karpov hali ham Bo'ka tuman Ichki ishlar bo'limida ushlab turilibdi.

Bu haqda Temur Karpovning o'zi ham olti soat oldin Facebookda xabar qoldirgan.

Uning yaqinlarining BBCga aytishicha, Temur bilan bundan bir necha soat avval, militsiya ushlagan payt gaplashganlar. Lekin hozir bog'lanishning imkoni bo'lmayapti.

Elena Urlaeva va Temur Karpovdan mobil telefon olib qo'yilgan bo'lishi mumkin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring