Tinchlik bo'yicha Nobel Kolumbiya prezidentiga berildi

Xuan Manuel Santos Image copyright Reuters

2016 yilning Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga berildi.

Nobel qo'mitasi janob Santosni so'l qanot radikal FARK (Kolumbiya Inqilobiy Qurolli Kuchlari) guruhi bilan uzoq yillik ziddiyatga barham berishdagi sa'y-harakatlari uchun mukofotlagan.

O'tgan oy oxirida prezident Santos va va FARK rahbari Timoleon Ximenes tinchlik bitimini imzolashgandi.

Ularning har ikkalasi ham Nobel mukofotiga ehtimoliy da'vogarlar ro'yxatida bo'lgan.

O'tgan dushanba isyonchilar bilan ikki tomonlama o't ochishni to'xtatish rejimi uzaytirilgan.

Kolumbiya prezidenti yaqin orada tinchlikka erishish niyatida qat'iy ekanliklarini aytgan.

FARK guruhi bilan yarim asrdan ko'proq davom etgan qurolli mojaro 250 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo'lgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring