Rossiya uchoqlari Halabni yana bombardimon qilmoqda

Image copyright AFP
Image caption Halab bolalari

Rossiya uchoqlari Halabning Bashar Assadga muxolif isyonkorlar joylashgan mintaqalarini yana bombalashni boshlagan.Faollarga ko'ra, bu kabi qaqshatqich bombalash amaliyoti yaqin kunlarda misli ko'rilmagan.

Hozirga qadar kamida 25 kishi qurbon bo'lgan.

Ular orasida bolalar ham bor.

Rossiya bombardimonidan avval Suriya hukumati muvaqqat sokinlik e'lon qilgan va qismat tinch aholini isyonkorlar nazorati ostida bo'lgan hududlarda chiqishiga imkon bergan edi.

O'tgan oy AQSh va Rossiya vositachilik qilgan otashkesim barbod bo'lar ekan, Halab yana qaqshatqich havo hujumlariga tutildi.

Bu galgi havo hujumlaridan sal avval Rossiya prezidenti Putin Fransaga safarini bekor qilgandi.

Dushanba kuni Fransa prezidenti Olland Rossiya rahbarlari Halab bombardimoni uchun Xalqaro Urush jinoyatlari mahkamasiga tortilishi mumkin deya iddao etgandi.

Moskva esa tinch aholini nishonga olayotganini rad qilib keladi.

Faollar tarqatayotgan videolarda bolalar va go'daklarning jonsiz tanalari uzra faryod qilayotgan ota-onalarni ko'rish mumkin.

Medecins Sans Frontieres ( Chegara bilmas shifokorlar) tashkiloti shahar bo'ylab faqat 11 ta tez yordam mashinalari qolganini aytgan.

Aksariyat tez yordam mashinalari ham bombalangan.

New York Times gazetasi "Putin Suriyada: Checheniston" deb nomlangan maqola chop etgan.

Maqolada yozilishicha, "Halab va Grozniy masalasida G'arb va Rossiya o'rtasidagi farq shuki, G'arb hech qursa qamal ostidagi Halabdan tinch aholini olib chiqishni istamoqda. Putin esa Grozniyda bo'lgani kabi havo hujumlarisiz hech qanday g'alaba qozonmasligini juda yaxshi biladi. G'arb ham piyoda qo'shinlar muvaffaqiyati kafolatlanmagan holda shunday yo'l tutadi, ammo Putin bu masalada bir qadam oldinda...Rossiyada jurnalistlar, faollar va yo siyosatchilar Putindan Halabdagi tinch aholini saqlab qolishga chaqirayotgani yo'q".

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring