"Haqiqatni yuzaga chiqarsa, Karimovdan o‘tadi, deganim uchun uzr so‘rardim"

Image copyright Getty Images

Oxirgi bir oy ichida O'zbekiston blogsferasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda o'zgacha erkinlik ruhi kuzatilmoqda.

O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov o'limidan so'ng internetdagi siyosatga aloqador bo'lmagan guruhlar ham mamlakatdagi siyosiy vaziyat to'g'risida o'z fikrlarini ochiq bildira boshlaganlar.

Bunday faollikka sabab nima va u qancha davom etishi mumkin?

Ijtimoiy tarmoqlardagi erkinlik, bahs ruhi faqat internet bilan cheklanib qolmasdan, jamiyatga ham o'tishi mumkinmi? Emin-erkin fikr yuritadigan jamiyat yuzaga kelish uchun muhit etarlimi?

Toshkentdan muxolifat va inson haqlari faoli Dilorom Ishoqovaning aytishicha, odamlar Karimovning vafotidan so'ng qandaydir o'zgarishlardan umidvor.

"So'nggi paytlarda shahardagi o'zgarishlar oddiy odamlarning Shavkat Mirziyoevga mehrini uyg'otdi. Lekin baribir keng miqyosda siyosiy erkinlik berilishiga, o'z fikrini ochiq aytishga sharoit yaratilishiga ishonish qiyin", deydi u. Shu bilan birga, kundalik muammolarda yordam so'rab Bosh vazirga murojaat qilgan odamlarning mushkuli oson bo'lganini ham aytadi.

Faolning qayd etishicha, soxta ayblovlar bilan uzoq yilga ozodlikdan mahrum etilgan va ayni paytda muddati to'liq tugash arafasida yana uzaytirish xavfi ostida qolgan bir mahbusning oilasi ham Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga adolatni tiklashni so'rab murojaat etganlar.

"Agar o'sha yigitning ishi rostdan hal bo'lib, adolat yuzaga chiqsa, Shavkat Mirziyoev haqiqat tomon siyosat boshlaganiga ishongan bo'lardim", deb aytdi Dilorom Ishoqova.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • •TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • •Instagram - BBC UZBEK
  • •Twitter - BBC UZBEK
  • •Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • •Facebook - BBC UZBEK
  • •Google+BBC UZBEK
  • •YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • •Skype - uzbekbbclondon
  • •bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.