Karimovdan keyin: O‘zbekistonda hokimiyat almashuvi qanday ro‘y bermoqda

Image copyright AP
Image caption Samarqandda Islom Karimovning dafn marosimi.

Yaqingacha o'zbekistonliklar faqat bitta rahbarni - dunyodagi eng repressiv davlatlardan birini tuzgan Islom Karimovni bilar edilar.

U vafot etgach, jamiyat noaniqlik ichida qoldi- uning merosxo'ri kim bo'ladi va qanday tarzda sodir bo'ladi? Ba'zilar hatto hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlanishini bashorat qildilar.

Biroq hokimiyat almashuvi kutilmaganda silliq amalga oshdi. Bosh vazir Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezident etib saylandi va Karimovning Liberal-demokratik partiyasi uni 4 dekabrga belgilangan prezidentlik saylovlariga o'zining nomzodi sifatida ilgari surdi.

Hozir kamdan-kamdan odam Mirziyoev O'zbekistonning keyingi rahbari bo'lishiga shubhalanishi mumkin.

Lekin bu o'ylanganidek oddiy emas.

Muvaqqat prezident

Image copyright Reuters
Image caption Shavkat Mirziyoev Islom Karimov davrida qabul qilingan bir nechta qarorlarni bekor qildi.

Janob Mirziyoev hali rasman prezidentlikka nomzod qilib ro'yxatga olinmagan bo'lsada, uning saylov kampaniyasi faoliyatini qizg'in boshlab yubordi. U mamlakat bo'ylab odamlar bilan uchrashmoqda, farmonlar chiqarib, qonunlarni imzolayapti.

"U buni hamma tanishi uchun qilyapti, chunki shu paytgacha aksariyat uni deyarli eshitmagan, bilmagandi", deb aytadi Glazgo universitetining Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqotlari markazi o'qituvchisi Luka Ancheshi.

Janob Mirziyoev Karimov boshqaruvining soyasida ishlab keldi.

Wikileaks saytida chop etilgan ma'lumotlarga binoan, u davlat ommaviy axborot vositalariga o'zini ko'rsatmaslikni buyurgan, sababi davlat rahbariga yoqmay, rashkini keltirishi mumkin edi.

Endi esa u boy berilgan vaqtni to'ldirishga harakat qilib, 2 haftaning ichida O'zbekistonning 13 viloyatidan sakkiztasiga tashrif buyurdi.

Qizig'i, janob Mirziyoev hanuzgacha hukumat siyosatidan norozilar har doim yuqori sanalgan Farg'ona vodiysi viloyatlariga borganicha yo'q. Odamlar hukumat 2005 yil Andijonda yirik ijtimoiy namoyishga yig'ilgan odamlarga qarshi armiyani qo'llaganini unutmaganlar.

Shavkat Mirziyoev hukumatdagi o'zgarishlar bilan shug'ullanmoqda, yangi hokimlar, militsiya rahbari va prokurorlarni yangitdan tayinlayapti.

U hatto Maorif viziri va uning o'rinbosarini ham o'zgartirdi. Bu vazirlik tarkibidagi resurslar saylovlarda ovozlarni nazorat qilish va saylovchilarga chiqish uchun doimiy foydalanib kelinadi.

Mintaqadagi ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Mirziyoevning oilasi Karimov oilasiga tegishli bo'lgan bizneslarni o'ziniki qilib olish harakatlarini boshlagan.

Biroq moliyaviy nazoratni va qudratli davlat idoralarini qo'lga olishning o'zi etarli emas. Muvaqqat prezident Karimov merosi bilan raqobatlashishi va unga mos, qonuniy vorisi ekaniga odamlarni ishontira olishi lozim.

O'zbekistonda tuzumning qonuniyligi Islom Karimov timsolida shakllanib bo'lgan. Kimdir hokimiyatga kelishi mumkin, degan har qanday fikr hatto bildirilishidan oldin bostirilishi mumkin edi.

Davlat targ'ibot mashinasi "kelajagi porloq O'zbekiston" Karimov tufayli ekanini haqida tinimsiz eslatib kelgan.

"Markaziy Osiyodagi insonlar o'zlarining birinchi rahbarlariga juda hurmat bilan munosabatda bo'ladilar chunki u erda boshqa mamlakatlarda bo'lmagan birinchi prezidentga taaluqli qandaydir aura-ruh bor, deydi doktor Ancheshi.

Janob Mirziyoev o'zining qonuniyligini oshirishi kerak- va bunga o'zidan oldingi rahbarning yo'lidan borish va'dalari bilan bunga erishyapti.

Image copyright AFP
Image caption Islom Karimov qattiqqo'l rahbar edi.

"Bizning burch- Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning asosiy kontseptsiyalarini hayotga tadbiq etish va uning yo'lidan, maqsad va vazifalardan og'ishmasdan to'liq borishdir", deb e'lon qildi u parlament o'zini muvaqqat prezident etib saylaganida.

Ayni vaqtda u ilk qadamlaridayoq Karimov davridagi ba'zi qarorlarni bekor qilgani ham kuzatildi.

Jumladan, u korxonalarni rejalashtirilmagan tekshirishni bekor qildi va fermerlarning daromaddan hukumatga xorij valyutasida to'lovi engillashtirildi. Prezident korteji uchun foydalanilgan va odamlar uchun yopiq bo'lgan asosiy yo'llar yana ochilgan.

Bu choralar, ko'rinishicha, aholiga ta'sir qilmasdan qolmagan. "Odamlar yangi rahbar ular to'g'risida qayg'urayotganini aytishyapti", deydi poytaxtlik yashovchilardan biri Bi-bi-siga.

"Ularning ko'pchiligi ancha optimistik ruhda".

Image copyright AP
Image caption Mirziyoev Rossiya, Xitoy va yaqin qo'shnilar bilan yaxshi munosabatlar tarafdori ekanini aytgan.

Tashqi siyosatda Mirziyoev yaqin vaqtgacha dushman sanalib kelingan Tojikiston bilan "ochiq va keng munosabat"larga chaqirdi.

U shuningdek bahsli hudud bo'yicha ikki mamlakat o'rtasida qariyb bir oy davom etgan taranglikdan so'ng Qirg'iziston hay'atini taklif qildi.

Bu qadamlar ham qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan, deydi Nьyukasl universitetidan Alisher Hamidov.

"Karimov endi yo'q ekan, o'zbek elitasiga legitimlikning yangi shakllari kerak bo'ladi. Rossiya kabi katta davlatlar va qo'shnilar bilan yaxshi munosabatlar bu maqsadga eltadi", qayd etadi u.

Biroq Nьyu-Jersidagi Rouen universiteti dotsenti Lourens Markovits bu qadamlarni faqat yuzaki deb biladi. Uning fikricha, O'zbekiston siyosiy tizimida hech qanday kutilmagan o'zgarishlarni kutish kerak emas.

"Elita o'zining shaxsiy g'aznasini to'ldirishga yordam beradigan va yo'naltirilgan maqomini saqlab qolishdan manfaatdor", deydi doktor. "Siyosiy institutlar prezidentlik qudratiga bosim o'tkazish uchun juda zaif."

Xalq o'zini tan olishi uchun O'zbekistonning yangi rahbari jamiyatga shirin kulcha taklif qilyapti. Lekin kuzatuvchilar bu asal oyi uzoq davom etmaydi, yaqin vaqtda shirin kulchalar o'rnini qamchi egallashi mumkin, degan fikrda yakdil.

O'zbekiston Respublikasi

Poytaxti: Toshkent

Aholisi: 32 mln

Maydoni 447400 kv km (172,700 milь kv)

Asoiy tillar: O'zbek, Rus, Tojik

Asosiy Din: Islom

O'rtacha hayot davomiyligi: 66 yosh (erkaklar), 72 yosh (ayollar)

Pul birligi: O'zbek so'mi

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.