Alisher Usmonov Rossiya soliq rezidentligini yoʻqotdi

Image copyright AFP
Image caption Alisher Usmonov - Rossiya va Britaniyadagi eng badavlat odamlardan biri.

Alisher Usmonov bundan keyin Rossiyaning soliq rezidenti emas.

Rossiya fuqarosi boʻlgan milliarder bir yil davomida mamlakatda 183 kundan kam boʻlgani rasman sabab sifatida keltirilmoqda.

USM Holdings hamxoʻjayini boʻlgan Alisher Usmonov nafaqat Rossiyada, balki Britaniyada ham eng badavlat shaxslardan biri sanaladi. U Apple hissadori hamdir.

USM Holdings matbuot xizmatiga koʻra, soliq rezidentligidian mahrum qilinishi ishbilarmonning turli yoʻnalishdagi faoliyati bilan bogʻliq.

Xususan, Alisher Usmonov koʻproq sport va xayriya sohalarida maashgʻul, Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasini boshqaradi va Olimpiya telekanalini rivojlantirish boʻyicha XOQ komissiyasi tarkibida ishlamoqda.

"Shu bois hamda tibbiy sabablar tufayli u 2015 yil davomida Rossiya Federatsiyasi qonunlarida talab qilingan 183 kun Rossiya hududida boʻla olmagan".

Janob Usmonov USM hissalarining 48% ga egalik qiladi. Undan keyin Vladimir Skoch (30%) va Farhod Moshiri (10%) kelishadi.

2012 yil tuzilgan USM Holdings tarkibiga uning "Metalloinvest", "MegaFon", Mail.Ru Group hamda "YuTV megaxoldingdagi ulushlari kiradi.

Oʻzbekistondagi ayrim vebsahifalar esa Islom Karimov vafotidan keyin Alisher Usmonov oʻz ona vatani Oʻzbekistonga tez-tez kelayotgani haqida xabar berishgan.

Alisher Usmonov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqinligi haqida matbuotda koʻp yozilgan. U, shuningdek, Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti va Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev oilasiga ham quda, deb aytiladi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.