"O'zbekiston tarafining tashabbusi bilan"

Хўжанд шаҳри Image copyright Wikipedia

Qirg'iziston hay'atining O'zbekistonning Andijon viloyatiga tashrifidan ikki hafta o'tib o'zbekistonlik ishbilarmonlar guruhi Tojikistonning Sug'd viloyatida mehmonda bo'lganlar.

Tojikiston rasmiylarining xabar qilishlaricha, O'zbekistonning Farg'ona vodiysidagi viloyatlarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ikki kun davomida Tojikiston shimolida bo'lganlar.

O'zbekistonlik ishbilarmonlarning Xo'jand va Isfarada sanoat ishlab chiqarish korxonalari hamda kompaniyalar faoliyati bilan tanishganlari xabar qilingan.

Mehmonlar Sug'd viloyatida oxirgi yillarda barpo etilgan diqqatga sazovor binolar bilan tanishganlar, qator madaniy tadbirlarda ishtirok etganlar.

Sug'd viloyati rasmiylariga ko'ra, ushbu uchrashuv O'zbek tomonining tashabbusi bilan tashkil etilgan hamda shu ikki kunda ikki taraf ham ana shunday muloqotlarni sog'ingani ma'lum bo'lgan.

1 oktyabr kuni Qirg'iziston hukumat hay'atining Andijon viloyatiga tashrifi ham O'zbekiston tomoni tashabbusi bilan tashkillashtirilgani xabar qilingan edi.

Sentyabr oyida O'zbekiston va Qirg'iziston hukumatlarining davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo'yicha komissiyalarining a'zolari birgalikda 23 ta bahsli o'rganib chiqqanlar.

Keyinroq esa 55 bahsli hudud borib ko'rilib, u erdagi vaziyat o'rganilgan.

Ushbu o'rganish yakunlari asosida ishchi komissiyalar o'rtasida maxsus hujjat imzolangan.

Qirg'iziston rasmiylari ikki mamlakat munosabatlarida kuzatib kelingan "muzlar eriy boshlagan"idan mamnun ekanliklarini aytganlar.

Ikki tomon bundan keyin munosabatlarni yanada yaxshilash niyatida ekanini bildirdilar.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.