'Al-Aqsoning yahudiylarga aloqasi yo'q'

Ал-Ақсо Image copyright COURTESY

Birlashgan Millatlar YuNESKO Xalqaro jamg'armasi ijroiy kengashi yahudiylarning Quddusi Sharifdagi bu muqaddas qadamjoga aloqalarini kamaytiruvchi ziddiyatli rezolyutsiyani ma'qulladi.

(Видеолавҳани BBCUZBEK YouTube каналида томоша қилинг )Jamg'armaning o'zi esa, Sharqiy Quddusi Sharifdagi qadimiy va muqaddas al-Aqso masjidi bilan aloqador bu rezolyutsiya loyihasini o'tgan hafta aksariyat ovoz bilan qabul qilgan.

Bu - ko'pchilik arab davlatlari tomonidan dastaklangan rezolyutsiya bo'lgan.

Isroil esa, bunga javoban YuNESKO Xalqaro jamg'armasi bilan aloqalarini to'xtatib qo'ygan.

Xabarlarga ko'ra, xalqaro jamg'arma ijroiy kengashi rahbari Maykl Vorbsning bir murosaga kelish uchun seshanba kungi ovoz berishlarni ortga surish urinishlari samara bermagan.

Quddusdagi yirik qadamjolar musulmon va yahudiylar orasida hamon bahs hamda nizo mavzusi bo'lib qolmoqda.

Ayniqsa, ham musulmonlar va ham yahudiylar o'zlari uchun muqaddas sanaydigan Haram ash-Sharif kabi go'shalar borasida kelishmovchiliklar tugaydigan ko'rinmaydi.

Qolaversa, Isroil va falastinliklar o'rtasidagi asosiy siyosiy kelishmovchiliklar ham, bir tarafdan, ayni shu muqaddas maskanlarni kim nazorat qilishi kerak, degan bahs-munozaraga borib taqaladi.

Masalan, Islom olamidagi uchinchi muqaddas qadamjo bo'lmish al-Aqso masjidi joylashgan Haram ash-Sharifni yahudiylar Ibodat Tepaligi, deb atashadi. Lekin ularning ibodati uchun cheklovlar mavjud.

Har ikki taraf ham o'z dinida muqaddas sanalgan go'shaga to'siqsiz kirishni va u erlarni nazorat qilishni istar ekan, bu umumiy qadriyatlar taraflarni birlashtirish o'rniga, ular orasidagi adovatni tobora kuchaytirayotir.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.