O'zbekistonda inson haqlari vaziyati o'nglanadimi?

Amnesty Image copyright COURTESY
Image caption Amnistiya borasidagi so'nggi qaror ortidan esa mamlakat qamoqxonalaridagi minglab ekani aytiladigan siyosiy mahbuslar ozod etilishiga umidlar paydo bo'ldi

O'zbekistonda inson huquqlari mavzuida xalqaro anjuman bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, anjuman Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, BMTning rivojlanish loyihasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), OXHT va F.Ebert nomidagi jamg'arma hamkorligida o'tkaziladi.

20-21 oktyabr kunlariga rejalangan konferentsiyada Indoneziya, Rossiya, Latviya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlari vakillari ham ishtirok etishlari xabar qilindi.

"Biz mustaqillik yillari davomida inson huquqlari sohasida erishgan yutuqlarimizni dunyo hamjamiyati e'tiboriga havola qilmoqchimiz. Shu bilan birga, inson huquqlari bo'yicha xalqaro tajriba bilan ham o'rtoqlashamiz", deb aytgan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi raisi Akmal Saidov.

Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev lavozimni egallaganidan beri "Tadbirkorlar huquqini himoya qilish to'g'risida" va "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan amnistiya to'g'risida"gi kabi qator qarorlarni imzoladi.

Shuningdek, Oliy Majlisga "Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun loyihasi kiritildi.

Akmal Saidov bularning bari inson huquqlari sohasida "olg'a tashlangan katta qadam" deb atadi.

Marhum prezident Islom Karimov davrida O'zbekistondagi inson haqlari bo'yicha vaziyat muntazam tanqid qilib kelingan.

Amnistiya borasidagi so'nggi qaror ortidan esa mamlakat qamoqxonalaridagi minglab ekani aytiladigan siyosiy mahbuslar ozod etilishiga umidlar paydo bo'ldi. Bu haqdagi videolavhani - https://www.youtube.com/watch?v=o5fF8woXRW0

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring