O'zbekistonda vertolyot halokatga uchradi

Hodisa Farg'ona viloyati hududida yuz bergan
Image caption Hodisa Farg'ona viloyati hududida yuz bergan

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tegishli vertolyotning qulab tushishi oqibatida 9 inson - 3 ekipaj a'zosi va O'zbekiston Qurolli Kuchlari 6 harbiy xizmatchisi hayotdan ko'z yumgan.

"O'zbekiston" telekanalining xabar qilishicha, hodisa kuni kecha - 18 oktyabr kuni Farg'ona viloyati sharqida yuz bergan.

Xabarda Mi-171 rusumli uchoq reja asosida parvoz qilgani aytiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko'ra, hozir aviahalokat sabablarini tekshirish bo'yicha maxsus komissiya tashkil qilingan.

O'zbekiston rahbariyati halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

"O'zbekiston" telekanali vertolyot halokati borasidagi xabarni bugun tarqatgan. Ammo, odatda matbuot bu kabi xabarlar borasida sukut saqlaydi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring