Алишер Усмонов нима учун Россияда солиқ тўловчи резидент эмас
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Alisher Usmonov nima uchun Rossiyada soliq to'lovchi rezident emas

Alisher Usmonov bundan keyin Rossiyaning soliq rezidenti emas. USM Holdings hamxo'jayini bo'lgan Alisher Usmonov nafaqat Rossiyada, balki Britaniyada ham eng badavlat shaxslardan biri sanaladi. U Apple hissadori hamdir.

Forbes: "Alisher Usmonov Rossiyada soliq to'lovchi maqomini yo'qotganligini tasdiqladi".

Usmonovning USM Holding shirkatiga ko'ra, u Rossiyada buznes bilan shug'ullanmayapti.

Rossiya soliq to'lovchi rezidenti maqomiga ega bo'lish uchun kamida yarim yil yashash kerak.

USM Holding: "U sport, xayriya, san'at va madaniyatni qo'llash bilan shug'ullanmoqda".

"Usmonov 2015 yili Rossiyada soliq Kodeksida talab qilingan 183 kun bo'lmagan".

USM: Usmonov shaxsan oxirgi bir necha yil mobaynida 350 million dollar soliq to'lagan.

USM tarkibidagi shirkatlar esa 2015 yili 1.6 milliard dollar soliq to'lagan.

Rossiya soliq to'lovchi rezidenti jahonning har yerida ko'rgan daromaddan soliq to'laydi.

Rezident bo'lmaganlar esa, faqatgina Rossiyada ko'rgan daromadlaridan soliq to'laydi.

Shuning uchun ko'plab milliarderlar soliq to'lovchi rezident maqomidan kechmoqda.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring