IShID o'zbek eshittirishlarini qayta tiklamoqchi

Кот туманидаги ИШИДга содиқ кучлардан Афғон ҳукумати тортиб олган бинолар Image copyright AP
Image caption ИШИДга содиқ жангарилар назоратидаги ҳудудлар Афғон ҳукумат кучлари томонидан тортиб олинган.

Afg'onistondan olinayotgan xabarlarga ko'ra, bu mamlakatdagi o'zlarining "Islomiy Davlat" tarafdori ekanini e'lon qilgan jangarilar tez orada FM to'lqinida radio eshittirishlarini qayta tiklashlari haqida xabar tarqatganlar.

19 oktyabr kuni Afg'onistonning Nangarhor viloyatida Pashtun tilida FM to'lqinida yangi eshittirishlarni tinglash mumkin bo'lgan.

Mahalliy vaqt bilan kechki soat 5 larda Pashtun tilida "Sedai xalifat" yoki "Xalifat sadosi" eshittirishlari boshlangani e'lon qilingan.

Radio eshittirish boshlovchisi o'zini Sulton Aziz A'zam deb e'lon qilgan.

"Biz hurmatli tinglovchilarimizga rasmiy eshittirishlarimiz yaqinda boshlanishini ma'lum qilamiz. Biz turli eshittirishlar va dasturlar ustida ishlamoqdamiz", deb aytgan radio boshlovchisi.

Sulton Aziz A'zam so'zlariga ko'ra, tez orada "Islomiy Davlat" radiosining Fors, Urdu va O'zbek tillarida eshittirishlari efirga uzatiladi.

Afg'onistondagi jangarilar, xususan, O'zbekiston Islomiy harakati Iroq va Suriyada islomiy xalifalik barpo etganini e'lon qilgan kuchlarga sodiqligini bildirganlaridan keyin ko'p o'tmay IShID radiosi faoliyati boshlangan edi.

Pashtun tilida asosan diniy mavzular va yangiliklarga e'tibor qaratgan radio biroz keyin Fors va O'zbek tillarida ham eshittirishlarni yo'lga qo'ygan edi.

Uch oy oldin Afg'oniston sharqidagi hududlar havo hujumiga tutilganidan keyin xalifat radiosi eshittirishlari to'xtatildi.

Bu havo hujumlari xorijiy kuchlar tomonidan amalga oshirilgani xabar qilingan edi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.