O'zbek enaga mahkamasi yopiq eshiklar ortida

O'zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova mahkamada Image copyright EPA

Moskva shahrining Xoroshevskiy tumani mahkamasida o'tayotgan o'zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovaning sudida tomonlar tinglovi boshlangan.

Rossiya qonunchiligi ushbu qotillik mahkamasini yopiq eshiklar ortida o'tkazishni talab qiladi.

39 yoshli Gulchehra Boboqulova ustidan mahkama 13 oktyabr kuni boshlangan edi.

24 oktyabr kuni Boboqulova enagalik qilgan oila a'zolarining ko'rsatmalarini tinglashga qaror qilingan.

39 yoshli samarqandlik Gulchehra Boboqulova shu yil fevralida Moskvadagi "Oktyabrskoe pole" metro bekati yonida to'rt yoshli qizaloqning qonli boshi bilan ushlangan edi.

Qo'lga olinganidan keyin o'zbekistonlik enaga bolani o'ldirishga "Olloh buyruq bergani", bu qotillik "Suriya uchun qasos" ekanini aytgan.

Tergov doirasida o'tkazilgan ruhiy ekspertiza Gulchehra Boboqulovaning uzoq yillardan buyon ruhiy xastalikdan aziyat chekishini aniqlagan.

Unga shizofreniya tashxisi qo'yilgan.

Gulchehra Boboqulova Moskvada Mesheryakovlar xonadonida uch yil enagalik qilgan.

Qotillikdan so'ng u uyga o't qo'ygan.

Boboqulovaga "voyaga etmagan shaxsni o'ldirish", "o'zgalar mulkini o't qo'yib vayron qilish" va "portlash haqida yolg'on axborot tarqatish" ayblovlari qo'yilgan.

Sentyabr oyi oxirida Tergov qo'mitasi Boboqulova ustidan tergovni yakunlagan, prokuratura uni majburiy davolash lozim degan xulosa bergan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring