Frantsiya Kaley jamlog'ini "tozalash"ni boshlagan

Kaley jamlog'i Image copyright AFP
Image caption Muhojirlar ro'yxatdan o'tish uchun navbat hosil qilganlar

Frantsiyaning shimoliy sohilidagi Kaley muhojirlar jamlog'ini tozalash amaliyotiga 1200 dan ortiq politsiya xodimi va boshqa rasmiy mulozimlar jalb etilgan.

Oxirgi paytda juda abgor holatdagi "Jungli" deb atalgan jamloqda 7000 tacha inson yashab kelgan.

Frantsiya rasmiylari Kaley jamlog'ini "tozalash" 24 oktyabrdan boshlanishini e'lon qilgan va u yerdagi muhojirlarni ro'yxatdan o'tishga chaqirgan.

Dushanba tongidan muhojirlar ro'yxatdan o'tish uchun navbat hosil qilganlar.

Dastlabki 60 tacha muhojir o'tirgan avtobus Frantsiyaning boshqa joylaridagi qochqinlar markaziga yo'l olgan.

Kaley uzoq yillar davomida Britaniyaga o'tib olishni xohlagan noqonuniy muhojirlar maskani bo'lib kelgan.

Frantsiya hukumatining so'nggi qaroridan keyin ayrim muhojirlar ro'yxatdan o'tishni xohlamay, Britaniya o'tishga intilishlari mumkinligi borasida xavotirlar bildirilgan.

Shanba-yakshanba kunlari ayrim qochqinlar bilan to'qnashuvlar ham yuz bergan.

Afrika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan, shuningdek, Afg'onistondan yetib borgan muhojirlar o'zboshimchalik bilan yasab olgan boshpanalarning buzilishi 25 oktyabr kuni boshlanishi kutilmoqda.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring