ИШИДдан бош олиб қочганлар
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - IShIDdan bosh olib qochganlar

Mo'sulni IShIDdan ozod qilish amaliyotlari davom etar ekan ko'plar shahardan bosh olib chiqqanlar.

Bu Dibagadagi jamloq. Bu yerda IShID nazorati ostidagi Mo'suldan qochib chiqqanlar yashaydi.

Ko'plar uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib kelganlar. Ularga chodir va oziq-ovqat beriladi.

IShID nazorati ostidagi Mo'sulni yuzlab oilalar tashlab chiqqanlar.

Asad Hasan Mo'sul yaqinidagi qishlog'ini oilasi bilan birga tashlab chiqqan.

"Amaliyotlar boshlanishidan bir kun avval yo'lga chiqdik. Juda xavfli edi".

"Qishlog'imizga olib boradigan yo'l minalashtirilgandi. Bizdan avval 2 mashina bor edi...

...Ikkalasi ham portlab ketdi. Biz kurdlar nazorati ostidagi yerlarga yetib keldik".

"Juda qo'rqdim. Huddi har onda o'lishim mumkindek edi".

Jamloqqa kelayotganlarning hammasi uchun joy ajratib berish muammo bo'lmoqda.

Vaqtincha bo'lsa ham xavfsiz boshpana va yegulik qochqinlar uchun kichik yengillik.

Ba'zilar bayram qilishmoqda. Hozirgina qishloqlari ozod qilinganidan xabar topishgan.

Tez orada uyga qaytishga umid qilmoqdalar.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring