Qirg'iziston parlamentidagi koalitsiya parchalandi

Qirg'iziston parlamenti a'zolari Image copyright OFFICIAL

Qirg'iziston parlamentidagi Sotsial-demokratik partiya ko'pchilik koalitsiyasini tark etishi haqida e'lon qilgan.

Qirg'iziston ommaviy axborot vositalari bu haqda Sotsial-demokratik partiya hamda koalitsiyaga qo'shilgan partiyalar faollariga asoslanib xabar tarqatganlar.

Qirg'iz sotsial-demokratlari o'zlarining qurultoyini o'tkazgan.

Bu qurultoyda olti partiya a'zolaridan tarkib topgan koalitsiyadan o'zlarining partiyasini olib chiqishga qaror berganlar.

Firqa faollarining so'zlariga ko'ra, Sotsial-demokratik partiya bilan koalitsiyadagi boshqa partiyalar o'rtasida "siyosiy qarama-qarshilik" yuzaga kelgani bois ana shunday qaror berganlar.

Qirg'iziston Jogorku Keneshidagi ko'pchilik koalitsiyasiga Sotsial-demokratlar, "Qirg'iziston" "Onuguu - Progress" va "Ota Makon" fraktsiyalari kirgan edi.

Qirg'iziston Prezidenti lavozimini egallaguncha Almazbek Atamboev Sotsial-demokratik partiyaga rahbarlik qilgan.

Mamlakat konstitutsiyasiga binoan, koalitsiyadan bir partiya chiqib ketishi butun koalitsiyaning tarqatib yuborilishi va hukumat iste'fosini anglatadi.

Bu Bosh vazir Sooronbay Jeenbekovning koalitsion hukumatining iste'fosi deganidir.

Sooronbay Jeenbekov 2016 yil aprelida bosh vazirlikka tayinlangan, bunga oldingi hukumat rahbari Temir Sarievning iste'fosi sabab bo'lgandi.

Endi Prezident Atamboevdan uch kun ichida parlamentga so'rov yuborib, yangi koalitsiyani tarkib toptirish haqida so'rashi talab qilinadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring