"Mumbaydagi Buxoriy masjidiga ayollar kirishi mumkin"

Hoji Ali Dargoh maqbarasi Image copyright Getty Images
Image caption Hoji Ali Dargoh maqbarasi

Hindistonda mashhur va Mumbay shahrining dunyo bo'ylab ramziga aylangan Hoji Ali Dargoh deb nomlangan maqbaraning ichiga ayollar kirishi mumkin, degan qaror chiqargan Hindiston Oliy mahkamasi.

Hoji Ali Dargoh maqbarasining ichkarisiga xotin-qizlarning kirishini maqbara boshqaruv kengashi 2012 yili taqiqlagan edi.

Boshqaruv kengashi o'zining bu qarorini muqaddas qabr bor binoga ayollarning kirishi gunoh bo'ladi, deya tushuntirgan.

"Hindiston muslimalari harakati" deb nomlangan inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti maqbara boshqaruvchilarining qarori ustidan shikoyat qilganlar.

Ish Hindiston Oliy Sudigacha chiqib, "Hindiston muslimalari harakati" mahkama ishini yutib chiqdi.

"Bu xotin-qizlar huquqlarining g'alabasidir", deb aytgan tashkilot vakili.

Hoji Ali masjidi Arab dengizining ichidagi Vorli deb nom berilgan orolchada joylashgan.

Masjidni asli kelib chiqishi Buxorodan bo'lgan boy savdogar Hoji Ali Shoh Buxoriy 1431 yili qurdirgan.

Hoji Ali Shoh Buxoriy o'zining barcha boyligini kambag'allarga tarqatib Makkai-Mukarramaga Haj ziyoratiga otlangani bilan mashhur bo'lgan.

Vafotidan keyin Hoji Alining jasadi o'zi barpo etdirgan majmua ichida dafn etilgan.

Aksar musulmonlar Hoji Alini avliyo deb biladilar.

Hoji Ali Dargohni har haftada o'n minglab ziyoratchilar ziyorat qiladilar.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring