AQSh rasmiysi Mirziyoyev, Gulnora millionlari va Rossiya haqida

Nisha Bisval
Image caption BBC AQSh Davlat kotibinig yordamchisi Nisha Bisval bilan suhbatlashdi

SUHBATNI TINGLASh UChUN MANA BU ERGA BOSING

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha muovini Tomas Shannon 24-29 oktyabrda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonga safar qiladi.

Ostona va Bishkekka tashrifi ortidan janob Shannon Toshkent va Samarqandga borishi kutiladi. U O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi va Samarqandda sobiq prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi rejalangan.

Tahlilchilarga ko'ra, AQSh O'zbekistondagi siyosiy o'zgarishlarni, xususan, yangi rahbariyatning Rossiya bilan aloqalari qanday bo'lishini yaqindan kuzatishni istaydi.

Rossiya va AQSh o'rtasidagi aloqalar Sovuq urush yakun topganidan beri eng abgor darajadadir.

Ayni damda AQSh va O'zbekiston Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilgan va "poraxo'rlikdan tushgan daromad" deya ko'riluvchi yuzlab millionlab dollarning AQSh sudlari orqali musodara etilishi yoki etilmasligi bo'yicha tortishuvlarni davom ettirmoqdalar.

O'zbekistonga vakillik qilayotgan Amerikadagi Holwell Shuster & Goldberg yuridik firmasiga ko'ra, O'zbekiston hukumati o'zini bu ishda jabrlanuvchi deb ko'radi va pullar unga qaytarilishini istaydi.

Avgust oyida Irlandiyaning Independent gazetasi yozilishicha, Vashington mazkur pullar musodara etilishini oktyabr oxirigicha kechiktirgan.

BBC mazkur mavzularda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha yordamchisi Nisha Bisval bilan suhbatlashdi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring