Kvetta: Politsiya kollejiga hujumda 59 talaba qurbon bo'lgan

Kvetta Image copyright EPA
Image caption Kvetta

Jangarilar Kvettadagi politsiya kollejiga hujum uyushtirar ekan, kamida 58 talaba qurbon bo'lgan.

Dushanba kuni kechqurun xudkushlik belbog'larini taqib olgan uch jangari kollej binosiga kirgan, xabarlarga ko'ra, bir necha talabani garovga olgan.

Bir necha soat davom etgan xavfsizlik amaliyotlarida barcha hujumchilar o'ldirilgan.

Hech bir guruh mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani yo'q.

Ammo so'nggi yillar Kvetta bir necha bo'lginchi va islomchi guruhlar tomonidan nishonga olib kelinmoqda.

Balujiston politsich kollejidan yuzlab talabalar ko'chirilgan.

Mahalliy matbuot xabarlariga ko'ra, amaliyotlar davomida kamida 3 ta portlash ro'y bergan.

"Men kamuflyaj kiygan, Kalashnikov avtomatlarini ko'tarib olgan uch kishini ko'rdim. Ular yuzlarini berkitib olishgandi", deb aytgan talabalardan biri AFP bilan suhbatda.

Yuzdan ortiq talaba jarohatlangani xabar qilindi.

Avgust oyida Kvettadagi advokatlar va shifoxonani nishonga olgan hujumlarda 88 kishi qurbon bo'lgan edi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring