Shvetsiyada taniqli kinorejissyor Melis Abzalov vafot etdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
1972 йил, Мелис Абзалов ва Али Ҳамроев "Еттинчи ўқ" филмини суратга олиш жараёнида

1972 yil, Melis Abzalov va Ali Hamroev "Ettinchi o'q" filmini suratga olish jarayonida

"Kelinlar qo'zg'oloni", "Suyunchi", "Chinor ostidagi duel", "Maysaraning ishi", "O'tgan kunlar", "Chimildiq" kabi qator filmlar rejissyori Melis Abzalov 78 yoshida vafot etgan.

Uning do'sti, rejissyor Ali Hamroevning BBCga aytishicha, Melis Abzalov Shvetsiyada o'z qizining xonadonida hayotdan ko'z yumgan.

"Ertalab Melisning qizi telefon qilib aytdi. So'nggi oylar u Shvetsiyada yashab kelayotgandi. O'tgan 15 yil ichida qiynaldi. Hozirgi olinayotgan filmlardan ko'ngli to'lmas, o'z loyihalarini esa O'zbekistondagi rahbarlar qabul qilmayotganini aytar edi", deb xotirlaydi Ali Hamroev.

O'zbek rejissyori Stokgolm shahrida dafn etilishi aytildi.

Image copyright COURTESY
Image caption Melis Abzalovning filmlaridagi dialoglar o'zbek xalqining maqolu matallariga aylanib ketgan

O'tgan yil BBC bilan suhbatda Melis Abzalov salomatligi tufayli ham kino olmayotganini aytgan edi.

Ammo O'zbekistonda nima uchun "Kelinlar qo'zg'oloni", "Chinor ostidagi duel" kabi kinolar olinmayotgani haqidagi savolga marhum soddagina qilib: "... hayot o'zgargan", - deya javob bergandi.

Uning filmlaridagi dialoglar o'zbek xalqining maqolu matallariga aylanib ketgan.

Suhbatni mana bu link orqali tinglashingiz mumkin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring