O'zbekiston hay'ati O'shga tashrif buyurdi

O'zbek hay'ati Image copyright kyrgyz.gov
Image caption O'zbek delegatsiyasini Do'stlik chegara maskanida Qirg'iziston bosh vaziri birinchi o'rinbosari Muhammetqaliy Abulg'aziev rahbarligidagi rasmiylar kutib olgan

Qirg'iziston delegatsiyasining shu oy boshida Andijonga tashrifi ortidan 26 oktyabr kuni O'zbekiston hay'ati ham O'sh shahriga bordi.

140 kishidan iborat O'zbekiston hay'atiga Bosh vazir o'rinbosari Adham Ikromov boshchilik qilgan.

O'zbekiston hay'ati tarkibida Prezident devoni va Tashqi Ishlar vazirligi rasmiylari, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyat rahbarlari, madaniyat, sport vakillari, diniy ulamolar bor.

Image copyright Kyrgyz.gov

O'zbek delegatsiyasini Do'stlik chegara maskanida Qirg'iziston bosh vaziri birinchi o'rinbosari Muhammetqaliy Abulg'aziev rahbarligida rasmiylar, jumladan, Qirg'izistonning O'zbekistondagi elchisi Doniyor Siddiqov, Qirg'izistonning O'sh, Jalolobod va Botken viloyati rahbarlari, oqsoqollar, jamoat va madaniyat vakillari kutib olganlar.

Tashrifdan maqsad qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash ekani aytilgan.

Image copyright facebook
Image caption O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida taniqli qo'shiqchi Ozodbek Nazarbekov ham Qirg'izistonga borgan

O'zbekistonliklar O'sh shahrida Qirg'iziston xalqlari assambleyasi vakillari bilan uchrashganlar, Bobur nomidagi drama teatrida "Semetey Manas o'g'li" dasturini tomosha qilganlar.

Image copyright kyrgyz.gov

Shuningdek, madaniy tadbirlar doirasida o'zbek delegatsiyasi uchun qishloq xo'jalik mahsulotlari ko'rgazmasi bilan tanishuv, O'sh davlat universitetida uchrashuv, tarixiy "Sulaymon-Tog'" ga sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.

Tashrif so'nggida rasmiylarning ikki tomonlama hujjatlarni imzolashlari kutiladi.

Image copyright Getty Images
Image caption Muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev mintaqadagi qo'shnilar bilan o'zaro aloqalarni yaxshilashni aytgandi

Ayni shu kuni, 26 oktyabrda O'zbekiston muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atamboev ham telefon orqali muloqot qilib, ikki mamlakat o'rtasida o'zaro hamkorlikning buguni va istiqbollarini muhokama qilganlar.

Karimovning siyosiy vorisi - muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev bundan keyingi O'zbekiston hukumatining ustuvor siyosiy yo'nalishlaridan biri mintaqadagi qo'shnilari bilan o'zaro aloqalarni yaxshilash bo'lishini bildirgandi.

Oktyabr oyi boshida Qirg'iziston hay'ati Andijon viloyatida mehmon bo'lgan bo'lsa, ikki hafta o'tib o'zbekistonlik tadbirkorlar Tojikistonning Sug'd viloyatida mehmonda bo'ldilar.

O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti ortidan rasmiy Toshkentning qo'shnilar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatishga tomon harakatlari so'nggi o'n yilliklarda yuzaga kelgan tarang munosabatlar yaxshilanishiga umid uyg'otgan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring