Toshkentda uy qulashidan uch kishi halok bo'ldi

Toshkent Image copyright Getty Images

Toshkentning Shayhontohur tumanida 26 oktyabr kuni fojeali hodisa sodir bo'lgan.

O'zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko'ra, Shayhontohur tumani Forobiy ko'chasida yangi qurilayotgan uy to'satdan qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo'lgan, ikkisi jarohat olgan.

Xususiy uylarni kurish talab va me'yorlariga, texnika xavfsizligiga rioya qilmaganlik fojeani keltirib chiqargan bo'lishi mumkin, deb qaralmoqda.

FVV ning qutыaruv guruhi ikki kishini qutqargan, halok bo'lganlar vayronalar orasidan chiqarib olingan.

Hodisa joyida FVV, Ichki Ishlar vazirligi va Toshkent hokimiyatining maxsus guruhi ishlayotgani bildiriladi.

Qulab tushgan uy atrofi xavfsizlik nuqtai nazaridan o'rab olingan.

Shayhontohur tuman Ichki ishlar boshqarmasi va prokuraturasi fojea sabablarini tekshirishni boshlagan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring