Statistika qo'mitasi: O'zbekiston aholisi soni qariyb 32 millionga yetdi

Ona va bola Image copyright Getty Images

O'zbekiston Davlat Statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2016 yilning 1 oktyabrida O'zbekiston aholisining soni 31 million 977 ming kishiga yetgan.

Ushbu ma'lumot qo'mitaning O'zbekistondagi demokrafik vaziyatga bag'ishlangan hisobotida keltirilgan.

Statistika qo'mitasiga ko'ra, 2016 yilning 9 oyi mobaynida aholi soni 401800 kishiga ko'paygan.

Mamlakatda shu davr mobaynida 532400 chaqaloq tug'ilgan.

Shu vaqt davomida 108900 inson olamdan o'tgan.

O'zbekiston Statistika qo'mitasi mamlakatni 128200 kishi tark etgani, 106500 kishi xorijdan O'zbekistonga kelganini qayd etgan.

Bundan oldin Statistka qo'mitasi 2016 yil boshida 31 million 574 ming kishiga yetganini xabar qilgandi.

O'zbekiston mustaqil bo'lganidan buyon aholini to'liq ro'yxatga olish ishlarini o'tkazmagan.

Eng oxirgi ro'yxatga olish Sho'rolar zamonida - 1989 yilda olib borilgan.

2011 yil 21 martidan 30 apreligacha O'zbek hukumati aholi soni bilan birga xalqning ahvolini o'rganishga qaror qilgan, biroq bu o'rganishlar natijalari jamoatchilikka ma'lum qilinmagan.

25 yil mobaynida aholini ro'yxatga olish ishlari o'tkazilmagani sababini ayrim kuzatuvchilar buning uchun katta mablag' talab qilinishi bilan izohlashadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring