NATO Rossiya bilan yangi "Sovuq urush"ni xohlamaydi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Image copyright AFP

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning BBCga aytishicha, NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka borish va "Sovuq urush" takrorlanishini istamaydi.

Janob Stoltenberg so'zlariga ko'ra, Sharqiy Ovro'po mamlakatlari hududiga qo'shimcha to'rt minglik NATO qo'shinini joylashtirish ziddiyat keltirib chiqarish emas, aksincha uning oldini olish maqsadini ko'zlagan.

Hozirgi paytdagi o'rtadagi taranglikka qaramasdan, alyans Rossiyani o'zi uchun tahdid deb ko'rmaydi, deb NATO bosh kotibi.

Shu kecha-kunduzdagi G'arb bilan Rossiya o'rtasidagi munosabatlar "Sovuq urush" zamonlaridan buyon eng past darajaga tushgan.

2014 yili Rossiya Ukraina Qrimini anneksiya qilishi ortidan AQSh va Ovro'po Ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar kiritdi.

Oxirgi paytga kelib Rossiyaning Suriyadagi bombardimonlari ham oradagi taranglik kuchayishiga olib kelgan.

G'arb Rossiyani Suriyadagi Prezident Bashar al-Assadga muxolif isyonchilar nazorati ostidagi hududlarni havo hujumlariga tutishda ayblamoqdalar.

Shu yil yozida Varshavada NATO sammiti bo'lib o'tgan va bu sammitda Sharqiy Ovro'poda NATOning to'rt batalonini joylashtirishga qaror qilindi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg aytishicha, alyansning 16 mamlakati Sharqiy Ovro'poga o'z qo'shinlarini yuborishga tayyorliklarini bildirishgan.

2017 yil boshidan Latviya, Polsha, Estoniya va Litvada AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Germaniya harbiylari joylashtiriladi.

Bu qaror Rossiya tomonidan norozilik bilan qarshi olindi, shuningdek, Belarus ham bunga o'z qarshiligini bildirdi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring