Moskva hokimligi xiyobonni Islom Karimov nomi bilan atashga qaror qildi

Marhum Islom Karimovning Moskvaga tashrifi payti olingan fotosurati Image copyright AFP

Moskva shahri hokimligi O'zbekiston konsulligi yaqinidagi xiyobonni Islom Karimov xiyoboni deb atashga qaror qilgani haqida xabar tarqatdi.

Bundan oldin hokimlik Rossiya va O'zbekistondagi fan, siyosat va san'at arboblari Moskva meriyasiga Rossiya poytaxtida Islom Karimov haykalini o'rnatish taklifi bilan murojaat qilganlarini bildirgandi.

Moskva shahridagi Bolshaya Polyankadagi 39-uydan 1-chisigacha hamda Kazachiy pereulokdagi 13- va 1-uylar orasidagi xiyobonga O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov nomi beriladi.

Shuningdek, O'zbekistonda faoliyat yuritadigan "Uzmetronom" web-saytining o'z manbasiga iqtibosan xabar tarqatishicha, Islom Karimovga qo'yiladigan haykalning tantanali ochilish marosimi 30 yanvar, ya'ni marhum prezidentning tavallud kuniga mo'ljallangan.

O'zbekistonni 27 yil mobaynida boshqarib kelgan Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabrda miyaga qon quyilish tufayli vafot etgani xabar qilindi.

Islom Karimov o'zi tug'ilib o'sgan shahri - Samarqandda dafn etildi.

Toshkent shahridagi qadimgi Jo'rabek masjidiga qayta ta'mirlanganidan keyin Islom Karimov sharafiga Islom Ota nomi berildi.

4 dekabrda O'zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo'lib o'tadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring