Iroq qo'shinlari Mo'suldan 1 kilometr uzoqda

Mo'sul uchun janglar Image copyright AFP

Iroq armiyasining maxsus kuchlari IShID nazoratidagi Mo'sul shahri chetidan bir yarim kilometr masofada turibdilar va shaharga bostirib kirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

31 oktyabr tongidan Iroqning Aksilterrorizm Xizmati(CTS)ning yuzlab jangchilari Bazvaya qishlog'iga bostirib kirganlar.

Bazvaya Mo'suldan oldingi eng so'nggi qishloq bo'lgan.

Iroq hukumat kuchlari bilan birga safar qilayotgan BBC muxbiri Ian Pannelning hikoya qilishicha, Bazvaya bilan Mo'sul orasidagi masofa 3 kilometrni tashkil etadi.

Qishloqqa hujum boshlanganidan keyin "Islomiy Davlat" jangarilari tomonidan kichik qurolli qarshilik ko'rsatishgan, avtomobillarga o'rnatilgan bombalar bilan harbiylar karvoniga hujum qilishga uringanlar.

Mo'sulga janubdan Dajla daryosi orqali amaliyot boshlanib "chap sohil"ni qo'lga kiritish rejalashtirilgani haqida aytishgan harbiylar.

Dajla shimolidan oqib kelib Mo'sul shahrining o'rtasidan oqib o'tadi.

Bazvaya qishlog'i IShID qo'lidan tortib olinib, qishloq uzra Iroq bayrog'i ko'tarilganidan keyin qo'mondonlar bundan keyin qanday harakat qilishni muhokama etmoqdalar.

Mo'suldan 17 kilometr janubdagi Ellag qishlog'i ham Iroq hukumat kuchlari nazoratiga o'tgani xabar qilingan.

Harbiylar Mo'suldan janubi-sharq va shimoldagi qator qishloqlarni ham qo'lga kiritganini aytmoqdalar.

Shimoldagi Shura shahridan qo'shinlar Hammam al-Alil shahri tomon ilgari siljiganlar.

Mo'sulni tortib olish maqsadidagi janglar 17 oktyabrda boshlangan, bu amaliyotlarga 50 mingcha Iroq xavfsizlik kuchlari, Kurd Peshmerga jangchilari, Sunniy Arab qabilalari va Shia jangari guruhlari vakillari jalb etilganlar.

Amaliyotlardan oldin Mo'sulda 3000 dan 5000 tagacha "Islomiy Davlat" jangarisi, 1,5 millioncha tinch aholi bor deb ishonilgan.

Oxirgi ikki hafta mobaynida shahardan 17700 tinch aholi chiqishga muvaffaq bo'lgan.

BMT 700000 aholi Mo'suldan qochib chiqishi mumkin deb taxmin qiladi.

Mo'sul 2014 yil iyunida IShID nazoratiga o'tgan, shahardagi masjidda IShID rahbari deb ko'rilgan Abu Bakr Bag'dodiy xalifalik barpo etganlari haqida e'lon qilgan edi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq