Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov ozod etilgan

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Matyoqub Matchonov rolda

Yozda hibsga olingani O'zbekistonda ko'pchilikning e'tiborini tortgan kino va teatr aktyori 60 yoshli Matyoqub Matchonov sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.

Toshkentda 31 oktyabr kuni bo'lib o'tgan mahkamada Matyoqub Matchonovga O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan e'lon etilgan amnistiya qo'llangan.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Matyoqub Matchonov nega hibsga olingani ancha vaqt jamoatchilikka qorong'u bo'lib qoldi.

Bir muddat O'zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Gvardeysk" hibsxonasida saqlangan mashhur aktyorning "mashinasidan giyohvand modda topilibdi, ushlanibdi, degan gaplar bo'ldi. Keyin ish uning firmasiga bog'liqligi aytildi".

Matyoqub Matchonov ustidan mahkama bir necha marta qoldirildi, aktyor asosan iqtisodiy jinoyatlarda ayblangani xabar qilindi.

So'nggi xabarlarga ko'ra, jinoyat ishida keltirilgan moddiy zarar qoplangan va Matchonovga amnistiya akti qo'llangan.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Matyoqub Matchonov o'nlab filmlarda suratga tushgan.

O'tgan yili uning ishtirokidagi "Sotqin" nomli film ekranlarga chiqqan edi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq