Mo'sul uchun qaqshatqich janglar davom etmoqda

Hukumat kuchlariga qattiq qarshilik ko'rsatilmoqda
Image caption Hukumat kuchlariga qattiq qarshilik ko'rsatilmoqda

Mo'sul shahrini "Islomiy Davlat" atalmish jangarilar nazoratidan xalos qilish amaliyotlari davom etarkan, Iroq kuchlari ilk bor shahar sharqidagi chekka mintaqaga kirib borishgan.

Terrorga qarshi kurash bo'linmasiga hamrohlik qilayotgan BBC muxbirining aytishicha, Mo'sulda qo'shinlar qattiq qarshilikka duch kelishmoqda.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiyga ko'ra, 2014 yil iyunidan beri shaharda o'rnashib olgan jangarilar oldida "yo taslim bo'lish va yo o'lim" tanlovi turibdi.

Mo'sul janubidagi Qayyarax havo bazasida gapirgan vazir janoblari hukumat kuchlari barcha tomondan yaqinlashayotgani va "ilonning boshini yanchish"i haqida aytgan.

Iroq xavfsizlik kuchlari, Kurd jangchilari, Sunniy qavmlar va Shia vakillaridan iborat 50 mingga yaqin qo'shin ikki haftadirki, jangarilarni oxirgi tayanch nuqtasidan siqib chiqarish amaliyotlariga safarbar etilgan.

Seshanba kungi reja Mo'sul o'zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan guruh nazoratiga o'tganidan beri ilk bor shaharga kirib borish bo'lgan.

Muxbirimizning aytishicha, agar qo'shinlar shaharda o'rnashishni uddalashsa, Iroq va ID ga qarshi kurashayotgan boshqa davlatlar uchun bu yirik g'alaba sifatida ko'rilishi tayin.

Ammo, unga ko'ra, hukumat kuchlari juda qattiq qarshilikka duch kelishmoqda.

Mo'sul uchun harbiy amaliyotlar 17 oktyabr kuni boshlangan. O'sha paytda shaharda 3,000-5,000 atrofida jangari va 1.5 millionga yaqin oddiy aholi vakillari borligi taxmin qilingandi.

BMT hisob-kitoblariga ko'ra, hozirga qadar 17, 900 inson shahardan qochib chiqqan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring