"Karimovga haykal O'zbekistonga hurmat belgisi"

Marhum prezident Islom Karimovning Moskvaga tashrifi payti olingan fotosurat Image copyright AFP

Sizningcha, Moskvadagi xiyobonlardan biriga Islom Karimov nomi berilishi ortida qanday sabab bor?

BBC "So'z Sizga" ruknimizning navbatdagi savoli shu edi.

Islom Karimov davrida Rossiya - O'zbekiston munosabatlari boshqa qo'shni mamlakatlarning Moskva bilan aloqalari yanglig' yaqin bo'lmagan.

Qirg'iziston va Tojikiston o'z hududlarini Rossiya harbiy bazasi uchun ochib qo'ygan edi.

O'zbekiston esa aksincha, muvaqqat bo'lsa ham Amerika Qo'shma Shtatlari doxil NATOga a'zo boshqa davlatlarga o'z harbiy havo bazalaridan foydalanishga ruxsat bergan edi.

Karimov hayot ekan, bir emas, bir necha bor Moskvaning Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonga nisbatan siyosatini tanqid qilgan edi.

Xo'p, nima uchun Rossiya poytaxti o'z xiyobonlaridan birini aynan Karimovning nomi bilan atamoqda?

Internet ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilarining ayrim sharhlari tahrirsiz e'lon qilinmoqda.

Farhod Rahmonov: Karimov bobmiz nafaqat Markaziy Osiyoda Rossiyada ham tinchlikni taminlagan buyuk siyosatchi edi.

Uzbek Turkiy: Rossiyani bunday qaroriga ikki sabab bor. Biri O'rta Osiyodagi hamkoriga, muhim davlat rahbariga hurmat va bu hurmat zamirida yangi hokimiyat bilan ham "murosa" qilib hamkorlik qilish. Rossiya O'zbekistonni qo'shni qardosh xalqlarimiz bilan yaqinlashishimizdan manfat ko'rmaydi. Mirziyoev aynan qo'shnichilikka urg'u berayapdi.Karimovni haykali yoki nomini abadiylashtirish esa Rossiyani O'zbekiston uchun qo'ygan "xo'ragi" deb ham tushunish mumkin.

Gulbaxor Erkulova: Bu inson shunday xurmatga sazovor

Shirin Sh: Ba'zan dushmanlar ham uzini guyo dustdek hayrihoh, g'amingga sherik qilib kursatadi uzini. Putinni bizga nisbatan hozir shunaqa munosabatlar qivotti. Bu guyo sichqonni pishloq bilan aldab uni qopqonga tushirishga uxshaydi. Bunday paytda yuzaki samimiy bulmagan salomga yuzaki alik kifoya. Qolaversa utgan utdi. Qolgan nomzodlar uni yulidan yurishmaydi.

Bobirmirzo Tolibov: Xakiki palitik. O'zbekistonni o'rnini dunyoda qo'ygan inson. Marionetka prezident bo'lmaganlar. NATOga ham faqat terrorizmga qarshi kurashish uchun vaqtinchalik foydalanishga berganlar.

Faxriddin Soli: Bilmadim. Islom Karimov Rossiyaning Suriyaga harbiy aralashuviga qarshi bo'lganlar va Afg'onistonga SSSRning harbiy aralashuvining fojiali oqibatlarini eslatgandilar.

Khojiakbar Tojiev: Mardlikni tan olish xam mardlik

Salohiddin Abdulhamidov: Intelligentlar kup Moskva shaxrida bunday axmokgarchilikka yul kuyilmaydi deb umid kilamiz.

Malikahon Abdubasitova: Qancha sabab kerak?

Yusuf Avezov: Bundanda ortig'iga loyiq inson.

SHERALI YULDASHEV: Siyosat bu beshavfqat maydon shu sabapli O'zbekiston imkon darajasida o'z kuchi va o'z so'ziga ega bulmog'i kerak. Shu vaqtgacha bulib kelgani kabi.

Nurik Shukurov: Rossiya bilan oщna buganni biri ikki bumaydi ozbeklar garb davlatlariga yakinlanishi kerak.

Samimiy Suhbat: Qattiq adashasiz Rossiya tinchlikparvar davlat! G'arbda esa masalan Aqsh prezidentlikga nomzodlardan biri Tramp sovuq uruw tarafdori, Klinton esa tinchlik. Ularni hammasi alg'ov dalg'ov! Biz un eng yaxhi variant Rossiya!

ﻓﺮﻳﺪﺓ FARIDA FARIDA: Karimovga xaykal ko'yishdan xech kanaka ma'no yo'k. Agar ma'no topish shart bo'lsa, Moskvada ishlab yurgan o'zbek mardikorlarini "dangasalar, ulardan jirkanaman" degani uchun masxaromuz tarzda ko'yishmokchi. BBC yozyaptiki, "Karimov hayot ekan bir emas bir necha bor Moskvaning Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonga nisbatan siyosatini tanqid qilgan edi" deb. Vaxolanki, Andijon vokealaridan keyin AKSh va Evropa Karimovga nisbatan to'nini teskari kiyganida, yana Putinga topinishga maxkum bo'lgani ayni xakikat-ku?

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/2f8Fcm0
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/2fvQ8hD)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring