O'zbekistondagi bir mashhur zavod taqdiri

Anvar Mahkamov "Algoritm" zavodi Bosh direktori bo'lgan
Image caption Anvar Mahkamov "Algoritm" zavodi Bosh direktori bo'lgan

Toshkentning "Algoritm" zavodi Sovet davrida sirli ob'ektlardan bo'lgan.

1980-nchi yillar o'rtalarida qurilgan bu zavodda Sovet harbiy qo'shinlari uchun "Elbrus" nomli elektron-hisoblovchi mashinalar ishlab chiqarilgan.

1988 yilning aprel oyida zavodga hatto Mixail Gorbachev tashrif buyuradi.

Sovet Ittifoqi qulagach, bu etakchi zavod harbiy korxonalar safidan chiqariladi.

1992 yili zavod Bosh direktori Anvar Mahkamov janoblari BBC bilan uchrashib quyidagilarni aytgan edi: "Zavodimizning tashkil bo'lganiga 10 yil bo'ldi. Zavodimiz "Elbrus" tipidagi hisoblovchi mashinalar ishlab chiqarar edi. Biroq konversiya yuzasidan 1989 yilda biz bu ishni to'xtatdik.

Shuning uchun biz shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga o'tdik. Hozir zavodimizda 39 millatga mansub minglab insonlar ishlaydi.

Profilimiz o'sha-o'sha - elektornika. Qiyinchiliklar bo'lgan, lekin biz bularni hal etdik.

Hozirda biz 18 yangi korxona tashkil qildik. Bozor iqtisodiyotiga o'tar ekanmiz, biz xalqaro eng yirik shirkatlar bilan hamkorlik o'rnatmoqdamiz. Hozir AQSh bilan birgalikda "Altek" degan qo'shma korxona tuzganmiz. Endi Olmoniya, Buyuk Britaniya bilan ham tuzish niyatimiz bor".

Biroq 2000 yillarga borib "Algoritm" zavodi O'zbekistonnning boshqa ko'plab yirik sanoat korxonalari qatori bozor iqtisodiyotiga bardosh berolmay, mayda-mayda korxonalarga bo'linib, parchalanib ketdi.

Ulkan rejalar esa faqat shu intervyuda qoldi.

Suhbatni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring