Mirziyoyev yana bir vazir o'rinbosarini almashtirdi

Sherzod Shermatov Image copyright Uzreport
Image caption Sherzod Shermatov bunga qadar Toshkentdagi Inxa universitetining rektori lavozimida ishlagan

O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Sherzod Shermatovni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlagan.

Ushbu lavozimda u axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish bo'yicha vazir o'rinbosari Alisher Fayzullayevning o'rnini egallagan.

Shermatov bunga qadar Toshkentdagi Inxa universitetining rektori lavozimida ishlab kelgan.

Bu Shavkat Mirziyoyev vaqtincha Prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganidan buyon soha rahbariyatida amalga oshirilgan ikkinchi kadrlar o'zgarishidir.

Janob Mirziyoyev o'zining ilk farmoni bilan sobiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish vaziri Abdulla Oripovni Bosh vazir o'rinbosari etib tayinlagandi.

Abdulla Oripov yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiya majmui rahbari lavozimiga tasdiqlangan.

Janob Oripov 2012 yili ayni lavozimdan O'zbekiston telekommunikatsiya tizimidagi korruptsiya bilan bog'liq xalqaro mojaro ortidan marhum Prezident Islom Karimov tomonidan lavozimdan chetlatilgandi.

Image copyright courtesy
Image caption Tahlilchilar Oripovning hukumatga qaytishini "yomon ishora" deb atashgan

Abdulla Oripov nomi Shvetsiya prokuraturasi tergov qilgan korruptsiya ishiga doir hujjatlarda ham keltirilgan.

Tahlilchilar uning hukumatga qaytishini "yomon ishora" deya ta'riflashgan.

Shavkat Mirziyoyev Karimov davrida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan chetlatilgan Rustam Qosimovni ham qaytadan ayni lavozimga tayinlagan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring