O'zbekistonda yangi erkin iqtisodiy hududlar yaratiladi

Angren Image copyright Sputnik Uzbekistan
Image caption Angren erkin iqtisodiy hududlardan biridir

O'zbekistonda Navoiy, Angren va Jizzaxdagilaridan tashqari yana Farg'ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida erkin iqtisodiy hududlar yaratiladi.

Bu haqida O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari Rustam Azimov Shanhay Hamkorligi Tashkiloti a'zo davlatlari hukumat rahbarlarining majlisida e'lon qildi.

Erkin iqtisodiy hudud - mamlakatdagi boshqa hududlarga qaraganda alohida yuridik maqom, hamda milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun imtiyozli iqtisodiy sharoitlarga ega bo'lgan chegaralangan hudud.

Azimov janoblariga ko'ra, Prezident vazifasini vaqtincha bajarayotgan Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Farg'ona viloyatida "Qo'qon", Samarqand viloyatida "Urgut" va Buxoro viloyatida "G'ijduvon" erkin iqtisodiy hududlari tashkil qilinadi.

O'zbekistondagi erkin iqtisodiy hududlarda xorijiy sarmoyadorlarga misli ko'rilmagan soliq va bojxona imtiyozlari berilishi aytiladi. Rasmiy "Jahon" xabar agentligiga ko'ra, joriy yildagi sarmoyalar hajmi Ichki Yalpi Mahsulotning 26 foiziga teng, va uning tahminan bir choragi xorijiy sarmoyalardir.

Xalqaro hisobotlarda O'zbekiston korruptsiya va reyderlik tajribasi tufayli sarmoya yotqizish eng xavfli va qiyin bo'lgan mamlakatlar sirasidan o'rin olib keladi.

O'zbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimovaga yuzlab million dollar pora berganini tan olgan qator kompaniyalar AQSh hukumati tomonidan yirik jarimalarga tortildi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring