NATO Rossiya tufayli jangovar hozirligini oshiradi

НАТО Image copyright Getty Images
Image caption NATO

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, alyansning yuz minglab harbiylari yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltiriladi. Bunga, NATO Bosh kotibining Times gazetasiga ma'lum qilishicha, Rossiyaning so'nggi harakatlari sabab bo'lmoqda.

Yens Stoltenbergga ko'ra, so'nggi vaqtlar Rossiya turfa yo'nalishlarda faollashmoqda, xususan, harbiy xarajatlarini oshirmoqda, jangovar mashqlar o'tkazmoqda va targ'ibot-tashviqotni kuchaytirmoqda.

"Biz Sovuq urush tugaganidan beri bu kabi amallarga o'z kollektiv mudofaa tizimimizni jiddiy kuchaytirish bilan javob bermoqdamiz", deb aytgan Stoltenberg.

Ammo NATO Bosh kotibi alyans askarlaridan qanchasi jangovor tayyorgarlik holatiga keltirilishini ochiqlamagan.

NATOdagi Britaniyaning vakiliga Adam Tomson esa, so'z 300 ming harbiy haqida ketayotganini aytgan.

Hozirgi kunda harbiy kuchlarni to'la tayyor holatga keltirish uchun olti oycha vaqt ketadi.

Adam Tomson bu muddatning uch barobar qisqarishini aytgan.

NATO Bosh kotibi o'zining avvalroq qilgan chiqishlaridan birida NATO Rossiya bilan urushga kirishni istamasligi haqida aytgan edi.

Ammo jangovar hozirlikning kuchaytirilishi, uning nazarida Kremlga "aniq va jiddiy ishora" beradi.

017 yilning ibtidosida NATO Rossiyaning harbiy faollashishiga javoban Boltiqbo'yi davlatlarlariga qariyb to'rt ming harbiylarini joylashtiradi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring