"OI-O'zbekiston o'rtasida to'qimachilikka doir protokolni rad qiling"

Talabalar dalada Image copyright Talaba
Image caption Talabalar dalada

Inson huquqlari bo'yicha HRW tashkiloti Xalqaro Savdo bo'yicha Ovro'po Parlamenti a'zolariga murojaat qilib, O'zbekiston bilan to'qimachilikka doir protokolni rad qilishni so'ragan.

Inson haqlari tashkilotiga ko'ra, buning asosiy sababi O'zbekiston majburiy mehnat saqlanib qolayotgani bilan bog'liqdir.

"To'qimachilikka doir ikki tomon o'rtasida protokol qabul qilishini Ovro'po Ittifoqining tashqi siyosati asoslariga ziddir. Bu O'zbekiston hukumati tomonidan mamlakat bo'ylab xalqni majburiy mehnatga duchor qilib kelayotganiga ko'z yumish bo'ladi", deyiladi maktubda.

Tashkilot buning o'rniga Ovro'po Ittifoqini O'zbekistondagi majburiy mehnat holatlarini taftish qilishga chaqiradi.

Ovro'po Ittifoqi parlamentining ayni masalaga jiddiy yondashuvi ortidan 2011 yilda O'zbekiston hukumati Xalqaro Mehnat Tashkilotiga vaziyatni yaqindan kuzatishga ruxsat bergan edi.

2014 yilda O'zbekiston Xalqaro Mehnat Tashkilotining tavsiyalarini qabul qilgan va xalqaro mehnat qonunlariga doir majburiyatlarga rozi bo'lgan edi.

Ammo HRW inson huquqlari tashkilotiga ko'ra, 2016 yilda O'zbekiston muqaddam o'z zimmasiga olgan mas'uliyatni bajarmagani yana yaqqol ko'zga tashlangan.

Anti-Slavery International, Markaziy Osiyoda Inson assotsiatsiyasi, Cotton Campaign, Human Rights Watch, Inson huquqlariga doir O'zbek-Olmon forumi to'plamagan ma'lumotlarga ko'ra, 2016 yilda O'zbekiston yuz minglab aholini paxta terimiga majburan safarbar qilgan.

Ayni vaziyatni kuzatayotgan inson huquqlari faollari, mahalliy va xorijiy jurnalistlarni ta'qibu tazyiq etgan.

Minglab talabalar paxta dalalariga safarbar qilingani haqida ham ma'lumotlar bor.

HRW tashkilotiga ko'ra, avvalgi yillarda bo'lgani kabi paxta safarbarligi markaziy va mahalliy hukumat rahbarlarning buyrug'i bilan amalga oshirilgan.

O'zbekiston hukumati xorijiy tashkilotlar tomonidan o'ziga nisbatan yangrayotgan har qanday tanqidlar, xususan, majburiy mehnat borasidagi ayblovlarni rad etib keladi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq