Mehnat muhojirlari ham O'zbekistondagi o'zgarishlardan umidvor

Mehnat muhojiri Image copyright BBCuzbek
Image caption Mehnat muhojiri

So'nggi haftada O'zbekiston Mehnat vazirligi vakillarining Rossiyaga safari yuz minglab mehnat muhojirlarida umid paydo qilgan. Rossiyadagi o'zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqlari eng ko'p poymol qilinadigan va o'z hukumati tomonidan bugunga qadar eng bee'tibor qoldirilganlar qatorida edi.

O'zbekistonlik mehnat muhojirlarini "dangasalar" deb ta'riflagan prezident Islom Karimov vafoti ortidan aksariyat mardikorlar "yorug' kunlar" umidi bilan yashamoqda, deydi Rossiyada ishlayotgangan o'zbek jurnalistlaridan biri.

Aksariyat, ehtimolki, yuz minglab o'zbekistonlik muhojirlar hujjatsiz, noqonuniy ishlashga majbur.

Ko'plab muhojirlar rus tilini va Rossiyadagi qonunchilikni bilmasliklari uchun turfa muammolar bilan ro'para kelishadi.

Moskvada "O'zbegim" gazetasi qayta chop etiladi. Gazeta noshirlari aynan mehnat muhojirlariga yordamlashish, ularga imkon qadar yo'l-yo'riqlar ko'rsatishni o'z oldilariga asosiy vazifa ekanini aytishadi.

"Asosiy maqsad o'zbekzabon, rus tilini yaxshi bilmaydigan muhojirlarga yordam berish... Ularga Rossiya haqida ko'proq ma'lumot berishga, yangi hayotga moslashish yo'lida ko'maklashamiz. Masalan, mehnat muhojirlarining mavqei va qonunchilikka doir ma'lumotlar..." deb aytgan "O'zbegim" gazetasi noshiri Habib Abdullaev BBC O'zbek Xizmati bilan suhbatda.

Suhbatni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq