Bahs: Amerika saylovlari va musulmonlar

8 noyabr kuni amerikaliklar Qo'shma Shtatlarning 45-Prezidentini saylashadi.

Tramp va Klinton Image copyright Brian Blanco
Image caption Tramp va Klinton

Oq Uyga kimning kelishi butun dunyo, jumladan, Islom dunyosi uchun ham muqarrar aks ta'sirga ega bo'ladi.

AQSh saylovlarining musulmonlar uchun qanchalik ahamiyatli ekanini tushunish uchun birgina ota-bola Bushlarning Iroq urushlarini eslash kifoya.

Pew Research Center ma'lumotlariga ko'ra, 2014 yili 0,9% foiz amerikaliklar o'zlarining musulmon ekanliklarini aytishgan.

2011 yilda Amerika Musulmonlari tashkiloti oshkor etgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda 2,75 million musulmon bo'lgan.

Respublikachilardan nomzod Donald Tramp, "musulmonlar AQSh uchun tahdid", degan bayonot bilan chiqib, musulmon insonlarning Amerikaga kirishini ma'n etish lozim, deb aytgan edi.

Trampning musulmonlar haqidagi ushbu bayonoti AQSh va boshqa mamlakatlarda siyosatchilar va diniy rahbarlar tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo'ldi.

Amerika-Islom aloqalari kengashi (CAIR) tomonidan chop etilgan so'nggi hisobotga ko'ra, so'rovga tortilgan musulmon ovoz beruvchilarining 72% foizi Demokratlar nomzodi Hillari Klintonga ovoz berishlarini aytganlar.

Odatda amerikalik musulmonlar respublikachilar uchun ovoz berib kelishgan.

Amerika saylovlari va musulmonlar mavzuidagi bahsda Qirg'izistonning sobiq muftiysi Sodiq qori Kamoliddin hamda AQShda yashayotgan sobiq diplomat va arabshunos Toshpo'lat Yo'ldoshev ishtirok etganlar.

Pahlavon Sodiq olib borgan suhbatni Sodiq qori Kamoliddin boshlab beradi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring