Toshkentda salafiylikda ayblangan 4 kishi qamaldi

Namoz Image copyright Muxlis.uz
Image caption Xalqaro tashkilotlar O'zbekistonda diniy erkinlik cheklanganini aytishadi

Toshkent shahri jinoyat ishlari bo'yicha sudi to'rt nafar O'zbekiston fuqarosini salafiylik oqimining g'oyalarini targ'ib qilishda aybdor topib, besh yildan 10 yilgacha bo'lgan qamoq jazolariga hukm etdi.

Bu haqida Sputnik O'zbekiston vebsayti Toshkent prokuraturasiga tayanib xabar tarqatdi.

Salafiylik oqimi O'zbekistonda ekstremistik guruh hisoblanadi.

"Tergovdan ma'lum bo'lishicha, mahbuslar xalq orasida salafiylik g'oyalarini tarqatganlar. Bunga tintuv chog'ida topilgan man qilingan ektremistik diniy adabiyotlar isbotdir. Sud ularni besh yildan 10 yilgacha bo'lgan qamoq jazolariga hukm etdi", - deb aytgan prokuraturadagi manba xabar agentligiga.

Manbaga ko'ra, mahbuslar qo'lga olingan chog'i tergovchilar ularning Suriyada jang qilayotgan Islomiy Davlat jangari guruhiga aloqador ekanini tasdiqlovchi hujjatlar va ko'rsatmalarni qo'lga kiritishgan.

Salafiylik oqimi islomdagi hukm va fatvolarni zamon taqozosiga ko'ra emas, hijriy sananing dastlabki uch asriga muvofiq ravishda tadbiq etishni olg'a suruvchi oqim hisoblanadi.

Markaziy Osiyo hukumatlarining xavfsizlik xizmatlariga ko'ra, salafiylik oqimining a'zolari ID safiga qo'shilganlar, hamda Suriya va Iroqdagi janglarda ishtirok etmoqdalar.

Ammo, xalqaro inson huquqlari tashkilotlari va AQSh departamentining diniy erkinliklar borasidagi hisobotlariga binoan, O'zbekistonda har qanday dindor man etilgan oqimlarga a'zolikda ayblanib hibsga olinishi va uzoq yillik qamoq jazolariga hukm etilishi mumkin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring