Mo'sul yaqinida ommaviy qabr topildi

Iroq askari Image copyright AP
Image caption Ommaviy qabrdan yumshoq o'yinchoq ham topildi

Iroq tergovchilari o'zini Islomiy Davlat deb atovchi jangari guruh qo'li ostida qolayotgan Mo'sul shahriga yaqinlashayotganda ommaviy qabrni topganlar.

Iroq harbiylariga ko'ra, Hamam al-Alil tumanidagi qishloq xo'jalik kolleji hududida topilgan qabrda 100 nafarcha boshi tanasidan judo qilingan odamlarning jasadlari bor.

Jasadlarning aksari skeletga aylanib bo'lgani uchun qurbonlar kim ekanini aniqlashga hozircha imkon bo'lmagan. Qurbonlar xavfsizlik zobitlarimi yoki oddiy fuqarolar ekani noma'lum.

Iroq qo'shinlari Mo'sulga 30 chaqirimcha masofa qolganida kuchli badbo'y hidni sezishlari ortidan ommaviy qabrni topganlar.

Buldozer yordamida qazilgan qabrdan suyaklar, kiyim parchalari va polietilen paketlar chiqqan.

Associated Press xabar agentligi namoyish qilgan kadrlarda bir harbiy qabrdan topilgan yumshoq o'yinchoqni ushlab turgani aks etadi.

Nineveh viloyati kengashi a'zosi Abdul Rahmon al-Vaggaaning aytishicha, ID jangarilari qishloq xo'jaligi kolleji hududidan "qatl maydoni" sifatida foydalanganlar.

ID jangarilari ko'plab ommaviy qotilliklarni amalga oshirganlar va o'tgan bir necha hafta ichida yana xunrezlik qilishda ayblanganlar.

Mo'sulni IDdan tortib olish bo'yicha Iroq armiyasi amaliyotlari 17 oktyabrda boshlanganidan beri, ID jangchilari ortga chekinishmoqda.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring