Video - Spravka mashmashasi hal bo'ldimi?

Rossiya pasporti Image copyright COURTESY

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev davlat idoralarining fuqarolardan oz emas, ko'p emas, naq 85 ta spravka so'rashlarini taqiqlab qo'ydi.

(Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

Rossiya Bosh vaziri bu xususdagi qarorini 7 noyabr kuni imzolagan.

Unga muvofiq, 25 davlat idorasining fuqarolardan ortiq biror bir spravka talab qilishga haqqi bo'lmaydi.

Ularning sirasiga yashash joyidan, Rossiya fuqarosi pasportining haqiqiyligi, sudlanmagani, mashina haydash huquqidan mahrum etilmagani, yo'l qoidasini buzmagani va yoki soliqdan qarzdorligi yo'qligiga oid spravkalar ham kiradi.

Rossiya hukumatining bayon qilishicha, bundan buyog'iga bu spravkalarni fuqarolar emas, ana shu 25 ta davlat organi lozim idoralarga taqdim etishi shart ko'riladi.

Hukumat nazdida, bu - mamlakat muassasalararo ma'lumot ayirboshlash jarayonini tezlashtiradi va davlat idoralari samaradorligini oshiradi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang, qiziq.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring