Poroshenko Saakashvili iste'fosiga qarshi emas

Poroshenko va Saakashvili Image copyright Getty Images
Image caption Saakashvili Poroshenko taklifi bilan Ukrainadagi gubernatorlik lavozimida ishlagan

Ukraina Prezidenti Petr Poroshenko mamlakat hukumati Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilining iste'fo arizasini qondirishiga ishonishini aytdi.

Janob Poroshenkoga ko'ra, Saakashvili muxolifatga qo'shilib siyosiy karerasini boshlashi mumkin.

U Saakashvilining iste'fo qarorini "gruzin saylovlaridagi mag'lubiyati" bilan bog'ladi.

Saakashvilining "Yagona milliy harakat" partiyasi Gruziyada oktyabrda bo'lib o'tgan saylovlarda mag'lub bo'ldi. Unga gruzin saylovchilarining 27,11 foizi ovoz bergan, uning asosiy raqibi "Gruzin orzusi" esa 48% ovozlarni qo'lga kiritgan.

Poroshenkoning eslatishicha, Ukraina bir qator gruzin siyosatchilarini islohotlar o'tkazish uchun mamlakatga ishga taklif qilgan va ularning aksari hali lavozimlarida ishlashayapti.

"Ularning ba'zilari gruzin saylovlarida yutqazgach, Ukrainada siyosiy faoliyatlarini boshlashga qaror qilganlar", - deb aytgan Poroshenko, Interfaks xabariga ko'ra.

Dushanba kuni Odessa viloyati gubernatori, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o'z lavozimini tark etishini aytdi va Odessada "banditizmga bevosita homiylik qilayotgan Kievdagi korruptsionerlar"ga qarshi qattiq tanqidiy chiqish qildi.

Saakashvili Poroshenkoni Odessa viloyatidagi "korruptsion klanlarni shaxsan qo'llab-quvvatlash"da aybladi. "Poroshenko Odessada ikkita klanni qo'llab-quvvatlayapti: bu Truxanov va Urbanskiy klanlari. Viloyatdagi butun hokimiyatni ularga va bo'lginchilarga berishgan", - dedi u.

Mixail Saakashvili Odessa viloyati ma'muriyatiga rahbar etib 2015 yil mayida tayinlangandi. U Odessada keskin islohotlar o'tkazishga va'da bergan, ammo tayinlanishidan ko'p o'tmay hukumat boshlangan tortishuvlari ommaviy tus oldi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring