Image copyrightJohn Locher / APImage caption
8 noyabrdan 9 noyabrga o'tar kechasiga "dramatik tun" deya ta'rif berildi. Bundan oldin o'tkazilgan omma fikrini o'rganish natijalarini inkor etib, Respublikachi nomzod Donald Tramp AQShning Florida, Ohayo va Shimoliy Karolinadek saylovda muhim hisoblangan shtatlarida ko'p ovozni qo'lga kiritdi. Donald Trampning g'alabasi yaqin ko'ringani bois uning Nyu-Yorkdagi tarafdorlari g'alaba xursandchiligini boshlab yubordilar.
Image copyrightShawn Thew / EPAImage caption
Donald Trampning o'zi Ohayodan va Ohayo unga kuchli dastak berdi.
Image copyrightDrew Angerer / Getty ImagesImage caption
Ancha vaqt ikki nomzod orasida farq kam bo'ldi. Biroq yakuniy natijaga yaqin qolarkan, Demokrat nomzod Hillari Klintonning dastaklovchilari ko'z yoshlarini to'xtata olmadilar.
Image copyrightFrank Franklin II / APImage caption
Klinton xonim Kaliforniya, Oregon, Nyu-York, Nyu-Jersi, Konnektikut, Massachusets, Merilend, Vermont, Delavere, Illinoys, Rod Aylend, Havayi, Vashington va DCda, Nyu-Meksiko va Kolorado shtatlarida ko'p ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldi.
Image copyrightLaura Segall / AFPImage caption
100 milliondan ortiq AQSh fuqarolari ovoz berish uchun uchastkalarga bordilar, saylovchilarning uzundan-uzun navbatlari yuzaga keldi.
Image copyrightJustin Sullivan / Getty ImagesImage caption
Klinton xonim tturmush o'rtog'i Bill Klinton bilan Nyu-Yorkdagi saylov uchastkasida ovoz berishdi. So'rovlar natijalariga ko'ra, Klinton xonimning dastaklovchilari Donald Trampnikidan ko'p edi va ko'pchilik Hillari Klinton osonlik bilan g'alaba qozonadi deb o'ylagan edi.
Image copyright Evan Vucci / APImage caption
Donald Tramp ham rafiqasi bilan Nyu-Yorkda ovoz berdi. Ikki nomzod ham o'z saylov kampaniyasining oxirgi kunlarida ko'p ovozni ta'minlaydigan shtatlarga e'tibor qaratdilar. Bular Shimoliy Karolina, Pensilvaniya va Michigan bo'ldi.
Image copyrightMike Nelson / EPAImage caption
Los-Anjeles, Kaliforniya. Bu qizaloq onasi ovoz berib bo'lgunicha sabr bilan kutib turdi.
Image copyrightMario Anzuoni / ReutersImage caption
Asli El-Salvadordan bo'lgan 91 yoshli Fabio Alvarado 80 yoshli rafiqasi Marta bilan saylov kuni AQSh fuqarosi sifatida qasamyodga keltirildi. Qasamyod marosimidan so'ng Kaliforniyaning Norvolkidagi uchastkaga ovoz berish uchun keldi.
Image copyrightJeff Swensen / Getty ImagesImage caption
Pensilvaniya Shtat universiteti talabalar shaharchasida Trampni dastaklashga chaqirgan yigit.
Image copyrightRalph Freso / Getty ImagesImage caption
Hillari Klintonning dastaklovchisi Arizonada mana bu shaklda Tramp mag'lubiyatini namoyish etdi.
Image copyrightRandall Hill / ReutersImage caption
8 noyabr kuni amerikaliklar Kongressdagi o'rinlar uchun ham ovoz berdilar.
Image copyrightShelby Lum/Richmond Times-Dispatch via APImage caption
AQShning 50 shtati va Vashington DC da ovoz berish 6 vaqt mintaqasida bo'lib o'tdi.
Image copyrightLarry W Smith / EPAImage caption
Kanzasda ovoz berishni boshlagan saylovchi. Bu yerda 1968 yildan buyon faqat Respublikachi nomzod g'alaba qozonib kelgan.
Image copyrightCharles Mostoller / ReutersImage caption
Rekord sondagi ko'p saylovchilar pochta yoki saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berganlar. Muddatidan oldin ovoz berganlarning jami soni 46 milliondan ziyodni tashkil yetgan.
Image copyrightAustin Anthony / Daily News via APImage caption
Hamma ham ikki nomzod o'rtasidagi "qaqshatqich kurash"ga katta qiziqish bildirgani yo'q.
Image copyrightMary Altaffer / APImage caption
Saylov uchastkalari yopilishi oldidan jurnalistlar Donald Trampning Nyu-Yorkdagi saylovoldi shtabiga yig'ila boshladilar.
Image copyrightAFPImage caption
Nyu-Yorkdagi Demokratlarning shtabi.
Image copyrightBart Maat / EPAImage caption
AQSh prezidentlik sayloviga qiziqish faqat AQSh hududi bilan cheklanib qolgani yo'q. Hollandiyada odamlar Hillari Klinton va Donald Tramp fotolari bilan suratga tushdilar.
Image copyrightMichael Conroy / APImage caption
AQShning o'zida esa saylovchilar o'z nomzodlarini dastaklash uchun to'plandilar. Indianapolisdagi saylov tuni ishtirokchisi.
Image copyrightJustin Lane / EPAImage caption
Klinton uchun dastlabki raqamlar quvonarli bo'lib turgan paytda uning dastaklovchilarining kayfiyati ham ko'tarinki edi.
Image copyrightDonald Trump Jr/Instagram/PAImage caption
Donald Tramp o'zi va oilasi a'zolari e'lon qilinayotgan raqamlarni kuzatib turishgani aks etgan fotosuratni e'lon qildi.
Image copyrightMark Wallheiser / Getty ImagesImage caption
Muhim shtatlardan hisoblangan Floridada ikki nomzod ko'rsatkichlari yonma-yon bordi. Biroq, oxir-oqibat Donald Trampning qo'li baland keldi.
Image copyrightJulio Cortez / APImage caption
Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazida odamlar ko'chadagi ekranlarga qarab yakuniy natijani kutib turdilar.
Image copyrightSaul Martinez / ReutersImage caption
Bruklinda natijani kutayotgan Hillari Klintonning qo'llab-quvvatlovchilari.
Image copyrightChip Somodevilla / Getty ImagesImage caption
O'z nomzodlari kutilganidan ham yaxshi natija ko'rsatayotgan Donald Tramp tarafdorlarining kayfiyati ko'tarilib bordi.
Image copyrightCarlos Barria / ReutersImage caption
Klinton dastaklovchilarining esa ruhiyati cho'kib bordi