Video - Trampning g'alabasiga Tolibon ham jim turmadi

Tolibon harakati lideri Image copyright COURTESY

Xosan munosabat bildirdi va Tolibon harakati Amerikaning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni Afg'onistondan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi.

(Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling)

"Bizning payg'omimiz shundan iboratki, amerikaliklar boshqa davlatlarning mustaqilligi va yaxlitligiga daxl qilmaydigan siyosat ishlab chiqishlari lozim. Eng muhimi esa, Afg'onistonda bitta ham askarlarini qoldirishmasin, hammasini olib chiqib ketishsin", - deb aytgan harakat Donald Trampning kutilmagan g'alabasi munosabati bilan chiqargan bayonotida.

Bu haqda esa, Buyuk Britaniyaning "Reuters" axborot agentligi xabar bergan.

Ayni shu agentlik xabaridan yaqinda Afg'oniston Tolibon harakatining Amerika prezidentligiga nomzodlar: Hillari Klinton va Donald Tramp saylovoldi targ'ibot amaliyotlarini yaqindan kuzatib borganliklari ma'lum bo'lgandi.

Joriy paytda Afg'onistonda qolgan Nato boshchiligidagi ittifoq kuchlarining soni 10 mingdan ortadi.

Ulardan aksariyatini esa, Amerika harbiylari tashkil etishadi.

Ularning joriy paytda Afg'onistonda qolish muhlatlari kelasi yil yakuniga qadar, deb belgilangan.

Afg'oniston Tolibon harakati afg'on tuprog'ida bitta bo'lsa ham xorij askari qolarkan, hech bir tomon bilan muzokaralar olib bormasligini aytib keladi...

Tafsilotlari esa, videolavhamizda - nazardan qochirmang.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring