Ijtimoiy tarmoqlar: "Alvido, Grin Karta!"

Donald Tramp Image copyright AP

AQSh prezidentligiga saylovlarda respublikachi nomzod Donald Trampning mutlaq g'alabani qo'lga kiritishi markaziy osiyolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida faol muhokama qilinmoqda.

"Agar Klinton bo'lsa aniq Rossiya bilan "voyna" bo'lardi, yaxshiyamki, u bo'lmadi-yu", - degan o'zbekistonlik G'olibjon Pardaev.

Armen Agamyan Tramp "xalq manfaatlari yo'lida ish olib boradi" degan fikrda.

"Ha nima, to'g'ri tanlov. U (Tramp) o'ziga to'q inson, halq manfaati uchun ish olib boradi".

"Bularning ikkisiga ham ovoz berish bu jinoyat sodir etish bilan tengdir, lekin Tramp o'z fikriga ega insonga o'xshayapti chamamda. Jirinovskiyga o'xshashligi bilan esa odamni cho'chityapti", deb yozadi Gelena Dadiani.

Arsen Kevxayants "Kaddafini yakson qilishayotganini kulib tomosha qilganidan so'ng, bu ayolni umuman odam o'rnida ko'rmayman", deya izoh qoldirgan.

Shirin Abdullaeva: "Agar amerikaliklar Trampni tanlashgan bo'lsa, demak ular u darajada ruslardan qo'rqib qolmagan ekan va hali to'g'ri fikrlay olar ekanlar. Trampga tabriklarim!".

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Trampning saylovoldi chiqishlaridagi musulmonlarga qarshi ohanglarga e'tibor qaratishgan.

"Fashistlarga bayram bo'libdi. U (Tramp) musulmonlardan nafratlanadi!" deb yozadi Habib Hakimov.

Afrosiyab Kubborov: "Klinton birinchi ayol prezident bo'lmoqchi edi, lekin uddalay olmadi. Amerikada har doimgidek tabiiy saralash tizimi ish berdi".

"Xursand bo'lishga arzigulik emas. Nazarimda, xuddi Gitler yokki Myullerdan birini tanlab olish kerak bo'lgandek", deydi Karina Safarova.

Irina M. Olive: "Alvido, Grin Karta!" deya izoh qoldirgan.

Qozog'istonlik Darxan Mukashevga ko'ra, "Tramp og'a - "Millat Rahnamosi!"

"Amerikaliklarni tabriklayman!!! Telba, qo'li qonga belangan Klinton bo'lagandan ko'ra, uzoqni ko'ra bilgan, sovuqqon biznesmen bo'lgani yaxshi", deydi Asxat Moldakim.

Ilmaz Nurghali "Klinton, Bush, Putin, Medvedevlar kelib ketaveradi, ammo Nazarbaev har doim o'z o'rnida qoladi".

Alina Genova "Tramp Xitoydan zavodlarni qaytarib Amerikada ish o'rinlari yaratmoqchi edi".

Qirg'izistonlik Amira Sultan Trampning g'alabasi AQSh demokratiyasining mevasi ekanini aytgan va uni qirg'iz demokratiyasi uchun o'rnak qilib ko'rsatgan.

"Ko'rib havas qilinglar, chunki sizlar hech qachon amerikaliklardek saylovlar o'tkaza olmaysiz. Ularda kutilmagan hodisalar ro'y berishi mumkin. Bizlarda-chi, 99% natija oldindan ma'lum bo'ladi".

Kostya Kravt "Ura! Balli Tramp! Hamma uni mazax qilgan edi, u esa g'olib chiqdi. Davlat mashinasi, axborot vositalari, Hollivud, hamma unga qarshi edi. Haqiqatdan ham Amerikada demokratiya bor ekan".

"Menga kim g'olibu, kim yengilgani qiziq emas. O'zga mamlakatlarga demokratiyasi bilan suqilmasa bo'lgani", deb yozadi Beksultan Osmonov.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring